QO„SHIMCHA MA‟LUMOT
XIX asr o„rtalarida Buxoro amirligining hududi qariyb 200 ming km.kv ni tashkil qilgan bo„lib,
aholisi 2 mln dan ortiq bo„lgan. Shundan 300 ming atrofidagi aholi Zarafshon vodiysida, 500 mingga
yaqini Qashqadaryo vohasida, 200 mingi Surxondaryo vohasida, 500 mingga yaqini esa Sharqiy Buxoro
taraflarda yashagan. Sharqiy Buxoroda asosan, o„zbeklar va tojiklar yashar edi.
Rossiya imperiyasi istilosiga qadar Xiva xonligining umumiy maydoni 130 ming 598 km.kv ni
tashkil qilgan. Uning 74,2 foizi cho„l, 2,8 foizi sug„orilib ekiladigan yerlardan iborat bo„lgan. Xonlik
yerlari Qizilqum, Qoraqum va kimsasiz Ustyurt cho„llari bilan qurshab olingan. Mamlakatda eng ko„p
nufuzli aholi o„zbeklar (64,7 %) edi. O‟zbeklar asosan, qadimdan o„troq turmush kechirib kelgan.
Xonlikda turkmanlar (28 %), qoraqalpoqlar (3,8 %), qozoqlar (3,4 %), qisman forsiy tilli aholi vakillari,
arablar ham xorazmliklar bilan yonma-yon yashab kelganlar.
Qo„qon xonligida jami uch million atrofida aholi yashagan. Ularning milliy tarkibi asosan,
o„zbeklar, qirg„izlar, qozoqlar, tojiklardan iborat bo„lib, o„zbeklar va tojiklar ko„proq dehqonchilik bilan,
qirg„iz va qozoqlar esa chorvachilik bilan shug„ullanishgan. Andijon, Qo„qon, Toshkent kabi shaharlarda
aholi zich yashar, Qo„qon shahri xonlikning siyosiy-iqtisodiy markazi bo„lgan.
►
Ularning hududi bugungi kundagi O'zbekistondan tashqari Qirg'iziston, Qozog'iston,
Tojikiston va Turkmaniston yerlarining bir qismini ham o'z ichiga olgan.
► Buxoro amirligi: 27 ta beklik - 2 mln. aholi.
Xiva xonligi: 18 ta beklik, 2 ta noiblik — 800 ming aholi. Qo'qon xonligi: 15 ta beklik - 3 mln.
aholi.
|