Darsning maqsadlari


Telefon: (+99894)-918-02-27                   Sayt:Shuhratbek.uz                          Muallifi: Shuhrat Nurg‟oziyev Xasanovich



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix19.01.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#82978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
9 sinf Ozbekiston tarixi 2 dars dars ishlanma Shuhratbek uz 2

   Telefon: (+99894)-918-02-27                   Sayt:Shuhratbek.uz                          Muallifi: Shuhrat Nurg‟oziyev Xasanovich 

 

Xonlikning  hududi  Buxoro  amirligi  va  Xiva  xonliklaridan  farqli  o‟laroq,  sersuv  daryolar,  so‟lim  vodiylar, 



serhosil yerlarga boy bo‟lgan. Xonlik 15 ta beklikka bo‟linib, ularni, asosan, xon tomonidan o‟z qarindoshlari 

va yaqinlaridan tayinlangan kishilar boshqargan. 



 

O'rta Osiyo davlatlarining aholisi 

XIX  asrning  o'rtalariga  kelib  Buxoro  amirligi,  Xiva  va  Qo'qon  xonliklari  aholisining  etnik  tarkibi  bir-

biriga yaqin bo‟lib, ularda, asosan, o'zbeklar yashagan. 

Shu bilan birga uchala xonlik hududlarida tojiklar, qozoqlar, qoraqalpoqlar, turkmanlar, qirg'izlar ham 

istiqomat  qilgan.  Jumladan,  bu  davrda  Buxoro  amirligining  aholisi  soni  2  million  atrofida  bo'lib,  aholining 

etnik  tarkibi,  asosan,  o'zbeklar,  tojiklar,  turkmanlar,  qoraqalpoqlar,  qozoqlardan  tash-kil  topgan.  Aholining 

asosiy  qismi  sersuv  vohalarda  yashagan.  Amirlikda  mang'it,  saroy,  qo'ng'irot,  kenagas,  qarluq,  qalmoq, 

nayman, qipchoq kabi o'zbek urug'lari ko'pchilikni tashkil qilgan. 

Xiva  xonligida  aholi  soni  800  ming  kishidan  ortiq  bo'lgan.  Xonlik  aholisining  etnik  tarkibi,  asosan, 

o'zbeklardan, bundan tashqari turkmanlar, qoraqalpoqlar, qozoqlar va boshqalardan tashkil topgan. 

Qo'qon  xonligida  aholi  soni  3  millionga  yaqin  bo'lib,  asosan,  o'zbeklardan  iborat  bo'lgan.  Shu  bilan 

birga u yerda qirg'izlar, tojiklar, qozoqlar, uyg'urlar, yahudiylar, hindlar va boshqa elat vakillari ham yashagan. 

Bu davrda uchala davlatda ham aholining asosiy qismini tashkil qilgan o'zbeklar o'troq turmush tarzida 

hayot  kechirib,  dehqonchilik,  hunarmandchilik  va  savdo-sotiq  bilan,  qozoqlar,  qoraqalpoqlar,  turkmanlar  va 

qirg'izlar esa ko'chmanchi turmush kechirib, asosan, chorvachilik bilan shug'ullangan. 

 

 




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə