Dastgohning barcha asosiy uzellarini o’rnatish uchun xizmat qiladi va uning asosi hisoblanadi



Yüklə 8,38 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü8,38 Kb.
#147097
Tokarlik


Tokarlik –vint qirqish dastgohlari xilma-xil ishlarni bajarish uchun mo’ljallangan. Bu dastgohlarda shakldor yuzalar yo’nish, slilindrik va konussimon teshiklarni yo’nib kengaytirish; ko’ndalang kesim yuzalarini yo’nish; tashqi va ichki rezbalar ochish:teshiklar parmalash , zenkerlash va razvyortkalash; zagatovkalarni qirqib tushirish, qisman kesish va boshqa ishlarni bajarish mumkin.
Tokarlik vint qirqish dastgohlarining asosiy parametrlari ishlov beriladigan zagatovkalarning stanidan yuqoridagi eng katta diametri va dastgoh markazlari orasidagi eng katta masofadir. Markazlar orasidagi eng katta masofa ishlov beriladigan detalning eng katta uzunligini belgilaydi.Tokarlik –vint qirqish dastgohlarining bu asosiy parametrlaridan tashqari , ularning tegishli DS larda belgilangan muhim o’lchamlariga ishlov beriladigan zagatovkaning supportdan bo’lgan eng katta diametri : shpindelining eng katta aylanish chastotasi; shpindel teshigidan o’ta oladigan chiviqning eng katta diametri, shpindel markazining o’lchami, keskichning eng katta balandligi kiradi. Sanoatimizda ,asosan ,160-1250 mm li zagatovkaga ishlov bera oladigan va markazlari oralig’i 12500 mm bo’lgan tokarlik- vint qirqish dastgohlari ishlab chiqariladi.
Tokarlik -vint qirqish dastgohlari aniqligini oshirish, boshqarilishini takomillashtirish,surish tezliklari diapazonini kengaytirish, texnologik asbob-uskunalarini yanada yaxshilash borasida rivojlantirilmoqda.
Tokarlik- vint qirqish dastgohlari deyarli bir turdagi komponovkaga ega, bunday komponovkaga 1K62 dastgohi misol bo’la oladi (62-rasm ). Uning asosiy uzellari jumlasiga statina 2 , old (shpindelli) babka 1, fartuk 4 , keskich tutkichli support 3, ketingi babka5 kiradi. Old babkada tezliklar qutisi, surish qutisi 8 joylashtirilishi mumkin.

Statina dastgohning barcha asosiy uzellarini o’rnatish uchun xizmat qiladi va uning asosi hisoblanadi.

Old babka statinaning chap qismiga mahkamlangan. Old babkada dastgohning tezliklar qutisi joylashgan, tezliklar qutisining asosiy qismi shpindel bo’lib, udumalash yoki sirpanish podshipniklarida aylanadi. Shpindel, odatda, boshidan oxirigacha konussimon teshikdan iborat bo’lib,chiviq material (zagatovka) ana shu teshikdan o’tkaziladi.

Ketingi babka markazlarga o’rnatilib,yo’nilayotgan zagatovkani tutib turish, shuningdek, teshiklar parmalash va ularga ishlov berishasboblari (parma, zenker, razvyortka)ni hamda rezba ochish asboblari (metchik, plashka) ni mahkamlash uchun xizmat qiladi. Ketingi babka stamina yo’naltiruvchilari bo’ylab surila oladi.

Surish qutisi shpindeldan yoki alohida yuritmadan surish vali yoki surish vintiga aylanma harakat uzatish, shuningdek. rezba qirqishda tegishlicha surishga erishish yoki muayyan qadam hosil qilish maqsadida aylanish chastotasini o’zgartirish uchun xizmat qiladi. Bunga surish qutisining uzatish nisbatini o’zgartirish bilan erishiladi. Surish qutisi almashtiriladigan shesternyalari bor gitara vositasida dastgoh shpindeli bilan bog’langan.

Fartuk surish vali va surish vintining aylanma harakatini supporting to’g’ri chiziqli ilgarilanma harakatiga aylantirish uchun mo’ljallangan.

Support kesuvchi asbobni mahkamlash va unga surish harakatini berish uchun xizmat qiladi.
Yüklə 8,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə