|
 Dastur va dasturlash
|
tarix | 24.02.2022 | ölçüsü | 1,93 Mb. | | #84016 |
| dastur va dasturlash IX sinf - Dasturlash tili – inson va kompyuter o‘rtasidagi rasmiy aloqa tili. U ma’lum qoidalar asosida ma’lumotlarni qayta ishlash dasturlarini yaratish uchun qo‘llaniladi
- IDE (Integrated Development Environment – integrallashgan dasturlash muhiti) – dasturchilar uchun qo‘shimcha funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus matn muharriri.
- Translyator-dasturni protsessor tiliga tarjima qiladigan (raqamli ko‘rinishga o‘tkazib beruvchi) tarjimon til
- Kompilyator dasturlash tilida yozilgan dastur kodlarini to‘laligicha o‘qib, mashina kodiga tarjima qiladi va tarjima natijalarini
- bajariladigan yaxlit bitta faylga yig‘adi.
- Interpretator dasturlash tilida yozilgan kodni bosqichma-bosqich mashina kodiga aylantirib, tahlil qiladi va berilgan buyruqlarni ketma-ketlikda bajaradi. Agar xatolik sodir bo‘lsa, o‘sha zahoti xabar beradi
- IDE (Integrated Development Environment – integrallashgan dasturlash muhiti) – dasturiy ta’minot yaratish uchun dasturiy vositalar majmui.
DASTURLASH BOSQICHLARI - 1. Birinchi bosqichda dastur uchun talab aniqlanadi. Ushbu jarayonda dasturning qanday maqsadda qo‘llanilishi, kirish va chiqish ma’lumotlari aniqlanadi. Dastur va resurslarni ishlab chiqish, uni joriy etishning narxi baholanadi.
- 2. Ikkinchi bosqichda dastur loyihasi ishlab chiqiladi. Dasturchilar uchun texnik topshiriq va vazifalar shakllantiriladi. Ishchi hujjatlar hamda ish rejasining grafigi tuziladi.
- 3.Uchinchi bosqichda dastur kodi yoziladi. Bu kodlash (dasturlash) jarayoni bo‘lib, tuzilgan algoritm dasturlash tilida yoziladi.
- 4. To‘rtinchi bosqichda kodlash jarayoni tugab, dasturdagi xatoliklarni aniqlash va testlash boshlanadi. Bu jarayonda dasturning to‘g‘ri tuzilganligi, ishlash samaradorligi va boshqa parametrlariga aniqlik kiritiladi.
- 5.Beshinchi bosqichda dastur amaliyotga joriy etiladi. Agar dastur aniq buyurtmachi talabiga muvofiq yaratilgan bo‘lsa, u holda bu bosqich eng muhim bosqich sanaladi. Bunda avvalgi dasturda foydalanilgan qurilma va ma’lumotlar yangi dasturga moslanadi. Ushbu dastur bilan ishlovchi mutaxassislar o‘qitiladi.
- 6.Oltinchi so‘nggi bosqichda qo‘llab-quvvatlash amalga oshiriladi. Bu bosqichda foydalanuvchilarga tavsiyalar beriladi. Shuningdek, foydalanuvchi xohishini inobatga olgan holda, ish jarayonida yuzaga kelgan kamchilik va takliflar asosida dasturga o’zgartirish kiritiladi
Dostları ilə paylaş: |
|
|