Dastur vaqtida cross join konstruksiyasi nimani bildiradi?


Haqiqiy dunyoga xush kelibsiz



Yüklə 26,94 Kb.
səhifə2/6
tarix29.05.2023
ölçüsü26,94 Kb.
#114021
1   2   3   4   5   6
Dastur vaqtida cross join konstruksiyasi nimani bildiradi

Haqiqiy dunyoga xush kelibsiz
Siz bu maqolani novtbuk yoki desktop (stol kompyuteri)da Windows yoki boshqa X operatsion sistemada (OS) ishlaydigan Chrome yoki Firefox’da o’qiyotgan bo’lsangiz kerak. Taxminimcha siz bugun email’ni o’qishga, o’rtoqlaringizning Facebook’dagi statuslarini tekshirishga yoki Youtube’da video ko’rishga biroz vaqt sarflagansiz. Hozirgi kunda hayotingizning ko’pgina qismi komputerlarda: sizning tibbiy ko’rik natijalaringiz ma’lumotlar bazasida; rezume’ngiz LinkedIn’da; mahsulotlaringizni namoyish qilish uchun Google yoki Facebook’dan foydalanasiz; sotib olish uchun (misol uchun, bizda torg.uz) Amazon’dan foydalanasiz; soliqlaringizni onlayn to’laysiz; vebsaytda bank (hisob) akkauntingizni boshqarasiz; balki raqamli valyutalar bilan ham shug’ullanarsiz.
Endi kompyuteringizdan tashqariga qarang: cho’ntagingizda, karmoningizda yoki yoningizda stol ustida smartfon bo’lishi mumkin. Unda GPS, kamera, sezgir ekran va ko’plab ilovalar mavjud. Agar uyingizda bo’lsangiz sizda raqamli kabelga ulangan LCD televizor, video kamera, DVD player, Apple televizor, Xbox yoki Pleystayshin bo’lishi mumkin. Bu qurilmalarda qo’yadigan kino, musiqa va o’yinlar kompyuter grafikasi va raqamli ishlangan ovozga to’la.
Keling tashqariga chiqaylik. Mashinangiz oldidan o’ttingizmi? Zamonaviy avtomobillar dasturiy ta’minot yordamida ishlab chiqarilgan, zavodda kompyuterlashtirilgan jihozlar va robotlar tomonidan yig’ilgan. Mashinangizni haydaydigan bo’lsangiz, siz manzilga boradigan yo’lni topish uchun Google Maps, ovqatlanishga joy topish uchun Yelp yoki yashashga joy topish uchun TripAdvisor’dan foydalanishingiz mumkin. Endi, tepaga qarang: qayerdadir sizning tepangizda avto pilot tomonidan boshqarilgan, uchish vaqtida WiFi va ko’ngil ochar tizimlari mavjud, hamda doimiy tarzda boshqa samolyotlar, trafikni boshqaruvchilar va uni ishlab chiqaruvchi bilan aloqada bo’lib turadigan samolyot o’tadi. Qayerdadir undan ham tepada, sun’iy yo’ldoshlar va fazo stansiyalari Yer atrofida aylanib yuripti, suratga olmoqda, ob-havoni kuzatmoqda hamda telefon qo’ng’iroqlarini ta’minlamoqda.
Dasturiy ta’minot dunyoni yeb bormoqda. Biroq, bu hali boshlanishi. Uni bilishdan oldin, siz texnologiyani kiyib, eshiklarni kompyuterlar bilan berkitib, narsalarni yetkazib berish va uylarni tozalashda robotlardan foydalanib, o’zingizning elektronik jihozlaringizni yasab, ishlab chiqarish zavodlaringizni yurgizib, virtual reallikda yashab, o’z-o’zini boshqaradigan mashinalarda sayohat qilib hamda fazoga uchib yurgan bo’lasiz.

Yüklə 26,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə