Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Yangi atlantizm va uning asosiy ko’rinishlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə33/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89
Geosiyosat majmoa

3. Yangi atlantizm va uning asosiy ko’rinishlari. ―Sovuq urushdan keyin atlantizm nazariyotchilari atlantizmni yangicha shakllarini, ko’rinishlarini tahlil ostiga olishdi. Ulardan birinchisini pessimistik sxema deyish mumkin (albatta atlantistlar uchun). U atlantistlarning azaliy raqibga qarama - qarshi turishda yangicha uslublarni, shartlarni ishlab chiqishni taqozo etardi. Qiziq tomoni bu paytda jahon sotsialistik tizimi, Varshava Shartnomasi, SSSR yo’q edi. Sobiq SSSR ning kechagi qator ittifoqchilari NATO tarkibiga kirgan, ittifoqchiga aylangan edi. Bu yo’nalishning yorqin vakili AQSH lik siyosatshunos va geosiyosatchi Samyuel Xantington edi.
Ikkinchi yo’nalishni optimistik deb atash mumkin. Ularning fikricha uzoq davom etgan qarama - qarshilikdagi G’arbning g’alabasi tugal va o’zgarmasdir. Uning asosida ―mondializm‖ g’oyasini amalga oshirish mumkin. Bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha geosiyosiy taraqqiyot shuni ko’rsatadiki madaniy, milliy, diniy, mafkuraviy, davlatchilik bilan bog’liq geosiyosiy diffirensiatsiyalarni bartaraf etish mumkin va yagona umuminsoniy sivilizatsiya barpo etiladi. Bu yo’nalishning yorqin vakili Frensis Fukuyama hisoblanadi.
Uchinchi yo’nalish Zbignev Bjezinskiy nomi bilan bog’liq. U yo’nalish ―Yangi tartibdagi amerikacha gegemonlik‖ davri deb ataladi va ―Buyuk shaxmat doskasi‖ asarida asoslashga harakat qilingan.
Ikkinchi jahon urushidan so’ng avjiga chiqqan qurollanish poygasi geosiyosiy tadqiqotlarda aks etgan yer yuzida ming yillardan davom etib kelayotgan ikki kuch qarama - qarshiligini ifoda etadi. Bu jarayonlar geosiyosatchi olimlar tomonidan chuqur ilmiy tadqiqotlar orqali o’rganilgan va aynan ushbu izlanishlar ko’pgina harbiy harakatlarining nazariy asosi bo’lib xizmat qilgan. Qudratli davlatlar aynan geosiyosiy tadqiqotlar asosida o’z tashqi strategiyasini qurishgan, tashqi siyosat borasida muhim qarorlar aynan geosiyosatchilarning qat‘iy maslahatlariga tayangan holda amalga oshirilgan. Buni Britaniyada o’n to’qqizinchi asr oxiri va yigirmanchi asr boshlarida yashab o’tgan Xelford Makkinder hamda o’tgan asrning so’ngi choragida alohida shov - shuvga sabab bo’lgan geosiyosatchi olimlar
S.Xantington, F.Fukuyama yoki Z.Bzejinskiylar misolida yaqqol kuzatish mumkin43. S.Xantington o’z asarida turli sivilizatsiyalar o’rtasidagi tarixiy raqobat sirlarini aynan geosiyosiy talqinda qo’lga oladi. U turli sivilizatsiyalarni talqin qilar ekan Markaziy Osiyoning geosiyosiy ahamiyati va qanday geosiyosiy kuchlar ta‘sirida ekanligini ko’rsatib beradi.
Tarixiy taraqqiyot davomida uzluksiz davom etib kelgan tamaddunlar kurashi yangi ming yillikda, turli xil ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda. Yer yuzida yagona hukmronlik tizimini yaratish uchun olib borilgin bu kurash bir oz bo’lsa-da susaygani yo’q. Amerikalik olim S.Xantington ―Sivilizatsiyalar to’qnashuvi va dunyo tartibotining qaytadan qurilishi‖ asarida so’nggi yillarda yer yuzida kechayotgan geosiyosiy jarayonlarning eng muhim xususiyatlarini tahlil etadi.44 U quyidagi sivilizatsiyalarni ko’rsatib o’tadi: slavyan - provaslav; konfusiychilik (xitoy); yapon; islom; hind; lotin - amerikasi; afrikacha (ehtimol)45. Xantington XXI asrning eng asosiy konfliktini shunday tasavvur qiladi ―G’arb qolgan dunyoga qarshi‖. Shunday ekan atlantistlar o’z e‘tiborlarini quyidagilarga qaratishlari lozim: ehtimoli mumkin bo’lgan qarama - qarshilikka doim tayyor turish; G’arbga qarshi kintinental alyans tuzilishiga yo’l qo’ymaslik; o’z manfaatlari doirasida tashqi hamkorlikni kuchaytirish (Birinchi navbatda Lotin Amerikasi davlatlari bilan); lokal xarakterdagi to’qnashuvlarni sivilizatsiyalararo xarakter olishiga yo’l bermaslik; islom davlatlari o’rtasidagi turli mazmundagi kelishmovchiliklardan foydalanish; G’arb manfaatlariga xizmat qiluvchi turli xalqaro institutlarni ko’paytirish va shu kabilar. Neoatlantizm doktrinasining qisqacha ko’rinishini shunday izohlash mumkin.
Ma‘lumki, o’tgan asrning ikkinchi yarmidagi asosiy geosiyosiy qarama - qarshiligi ―sovuq urush‖da yaqqol namoyon bo’lgan. Bu davrda uning intihosi, umuman jahon hamjamiyatining kelajagi to’g’risida turli yondashuv va nazariyalar ilgari surildi. Ba‘zi olimlar yadroviy halokat dunyo taraqqiyotiga yakun yasashini ta‘kidlagan bo’lsa, boshqalari Sharq va G’arb o’trasidagi ziddiyat oxir - oqibatda yagona umumsayyoraviy tartibotga bo’ysunishga olib kelishini uqtiradi. Aynan ana shu yondoshuv mondializm nazariyasining mazmun - mohiyatini ifoda etadi46. Ushbu konsepsiya G’arbning ―sovuq urush‖da erishgan g’alabasidan ancha ilgari paydo bo’lgan edi. Unga ko’ra, planetar integratsiyaning ro’y berishi muqarrar bo’lib, davlatlar, xalqlar, millatlar va madaniyatlarning xilma - xilligi bosqichidan yagona dunyo, ya‘ni ―One World‖ga o’tish amalga oshadi.
Ushbu g’oyaning ildizlarini O’rta asrlarga va uzoq o’tmishga borib taqaladigan ba‘zi utopik nazariyalarda ko’rish mumkin. Bunday ta‘limotlarga ko’ra, tarixning muayyan kulminatsion davrida yerdagi barcha xalqlar yagona saltanat ostida birlashadi va qadimdan davom etib kelgan ziddiyatlar, to’qnashuv hamda muammolar barham topadi47.
Mondialistik g’oyalar ko’proq betaraf pozitsiyada turgan turli kasbdagi yevropaliklar, ingliz liberallariga, shuningdek sho’rolarga xos bo’lgan. XIX asr oxiridan boshlab jahon biznes olamidagi yirik shaxslar tomonidan mondialistik ruhdagi tashkilotlar tuzilgani ma‘lum. Masalan, ser Sesil Rous tomonidan tuzilgan ―Davra stoli‖ guruhi a‘zolari ―yagona Dunyo hukumatini tuzish va butun dunyoda to’siqsiz savdo tizimini shakllantirishga hissa qo’shishi‖ shart edi. Ushbu ―davra stoli‖ doirasida yuritilgan bahs - munozaralarda ko’pincha sotsialistik va liberal - kapitalistik g’oyalar qorishib ketar va kommunistlar ushbu tashkilotdagi yirik moliya kapitali vakillari bilan hamkorlik qilar edi. Ularning barchasini umumsayyoraviy birlashuv utopik g’oyasi bir - biri bilan bog’lab turgan. Rus olimi A.Duginning fikricha, Millatlar Ligasi, BMT va YUNESKO kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar ham ana shunday mondialistik ruhdagi tashkilotlar sirasiga kiradi. XX asr davomida bunday mondialistik tashkilotlar ortiqcha shov - shuvlardan qochib, yashirin, sirli tusga ega bo’lib, nomini tez - tez o’zgartirib turgan.48
AQSh ning butun G’arb olamida, qolaversa, butun Yer yuzida strategik jihatdan eng qudratli davlatga aylangani sari u mondializmning asosiy shtabiga aylandi. Bu ―shtab‖ a‘zolari hokimiyatga muqobil maslahatchilar, tahlilchilar va strategik tadqiqotlar markazlaridan iborat tizimni shakllantirdi.3
Shunday qilib, mondialistik tashkilotlarning uch asosiy markazi vujudga kelgan va faoliyat yuritgan bo’lsa-da, ular rasman G’arb jamoatchiligiga uzoq vaqt ayon bo’lmagan. Rasmiy tashkilot hamda tizimlardan farqli o’laroq, bu guruhlar rejalashtirish va tadqiqotlar sohasida erkin faoliyat yuritishib, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar komissiyalari faoliyatini belgilovchi qat‘iy qoidalar va rasmiyatchilikdan xalos edi.
Amerikalik yirik bankir Morgan asos solgan ―Xalqaro munosabatlar bo’yicha kengash‖49 dastlabki mondialistik tashkilotlardan bo’lgan. Ushbu norasmiy tashkilot AQShning jahon hamjamiyatiga nistabatan olib boradigan strategiyasini ishlab chiqish, ―Dunyo hukumati‖ni tashkil etish va sayyorani to’lig’icha yagona qolipga solishni maqsad qilib faoliyat yuritgan. Bu tashkilot 1921- yilda ―Butun jahon tinchligi uchun Karnegi Jamg’armasi‖ning sho’basi sifatida tashkil topgan. Uning a‘zolari hisoblangan barcha yuqori mansabdagi siyosatchilarni sayyoramizning kelajagi to’g’risidagi mondialistik qarashlar birlashtirgan.50 1954 - yilda ikkinchi mondialistik tizim - Bildenberg klubi yoki Bildenberg guruhi tashkil topadi. U ―nafaqat‖ amerikalik tahlilchi, siyosatchi, moliyachi va ziyolilar, balki ularning yevropalik hamkasblarini ham birlashtiradi. 1973 - yilda Bildenberg guruhi faollari tomonidan uchinchi muhim mondialistik tizim ―Trilateral‖ (Trilateral) – ―Uch tomonlama komissiya‖ tashkil etiladi.
Ushbu tashkilotning AQSH dagi shtab - kvartirasidan tashqari yana ikki qarorgohi Yevropa va Yaponiyada mavjud bo’lgan. ―Trilateral‖ fundamental geosiyosiy nuqtai nazardan bozor iqtisodiyoti hamda texnik rivojlanishda yetakchilik qilayotgan Amerika qit‘asi, Yevropa va Yaponiya nazorat qilayotgan Tinch okeani hududidan iborat ―uchta eng ulkan hudud‖ni AQSH va atlantizm boshchiligida birlashtirishni nazarda tutgan edi.
Bildenberg va Trilateral kabi mondialistik guruhlarga ―Cheyz Manxetten bank‖ning egasi yirik sarmoyador Devid Rokfeller boshchilik qilgan. Bundan tashqari, barcha mondialistik loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda atlantizmning doimiy tahlilchilari, geosiyosatchi va strateglari hisoblangan Zbignev Bjezinskiy, Genri Kissinjer va Jorj Boll kabi mashhur siyosatchilar xizmati beqiyos bo’lgan.
Barcha mondialistik loyihalarning asosiy yo’nalishi ―demokratik‖,
―gumanistik‖, ―progressiv‖ qadriyatlarni keng targ’ib etish va G’arbning strategik ustuvorligi ostida yagona dunyo tizimiga o’tishni ko’zda tutadi. Ammo, ta‘kidlanganidek mondializmga qarshi kayfiyatlardan xalos bo’lish maqsadida siyosatchi, jurnalist, ziyoli, moliyachi hamda tahlilchilardan iborat parallel tuzilmalar ham tashkil etilgan. Mutaxassislarning fikricha, bunday tuzilmalar ―Yagona Dunyo hukumati‖ loyihasini keng ommaga e‘lon qilish oldidan o’ziga xos zamin hozirlashi kerak edi. Chunki bunday olamshumul dasturning kutilmaganda e‘lon qilinishi kuchli qarshilikni keltirib chiqarishi mumkin edi. Mondialistik tashkilotlar tuzadigan va amalga oshiradigan dasturlar uslubi bilan jihatidan bir - biridan farqlansada, nazariy jihatdan bir maqsadga yetaklaydigan vosita bo’lgan.51
Mondializmda konvergensiya nazariyasi muhim o’rin tutadi. O’tgan asrning 70-yillarida Z.Bjezinskiy boshchiligida ―so’l‖ tahlilchilar tomonidan ishlab chiqilgan ushbu nazariya ―sovuq urush‖ davrida yaqqol namoyon bo’lgan mafkuraviy va geosiyosiy qarama - qarshilikka yangi madaniy - mafkuraviy tamaddunni vujudga keltirish orqali barham berish mumkinligini asoslaydi. U sof atlantizm va kontinentalizm oralig’idagi, aniqroq aytganda, sotsializm va kapitalizmni uyg’unlashtiradigan tamaddun bo’lishi kerak edi.
Bu nazariya asoschilari marksizmdan xalos bo’lish uchun uning sotsial - demokratik yoki revizionistik ruhdagi mo’tadilroq andozasini qabul qilishi lozimligini ta‘kidlagan. Buning uchun esa ―proletariat diktaturasi‖, ―sinfiy kurash‖,
―ishlab chiqarish kuchlarini natsionalizatsiya qilish‖ va ―xususiy mulkni bekor qilish‖ degan marksistik atamalardan voz kechish zarur edi. Bu o’z navbatida, liberal G’arbda bozor erkinligini bir oz cheklash, iqtisodiyotga davlat aralashuvini qisman bo’lsa - da kiritishni taqozo etardi. Madaniy mushtaraklik esa, ma‘rifatparvarlik va insonparvarlik qadriyatlarida ifodalanishi mumkin. Zero, G’arbdagi demokratik tuzumlar ham, sho’rolarning ijtimoiy axloq tizimi ham ana shu umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan.
―Konvergensiya nazariyasi‖ asosida paydo bo’lishi mumkin bo’lgan Dunyo hukumatiga SSSR va AQSH tomonidan sayyoramizni birgalikda boshqarish imkoniyati berilishi nazarda tutilgan edi. Bu vaziyatda Yer yuzidagi xalqlar geosiyosiy ziddiyat bosimidan xalos bo’lib, ―sovuq urush‖ tugashi va umumiy tinchlik davri boshlanishi kerak edi.
E‘tiborli jihati shundaki, mondialistik markazlarning Moskvada ham o’z vakillari bo’lgan. Jumladan, akademik Gvishiani ―Trilateral‖ning sovetlar davlatidagi sho’basi bo’lgan tizimli tadqiqotlar institutiga rahbarlik qilgan. G’arbdagi va Rossiyadagi ayrim geosiyosatchilar fikricha, sobiq Ittifoq davrida qayta qurish siyosatini amalga oshirgan Mixail Gorbachev va uning maslahatchilari tayangan mafkuraviy asos konvergensiya nazariyasi edi.52
Mondializmda eng mashhur tadqiqotlardan biri – bu Djons Xopkins Universiteti professori Frensis Fukuyamaning ―Tarix intihosi‖ nazariyasidir53. Ko’pchilik olimlar, davlat arboblari, geosiyosatchi mutaxassislar fikricha, G’arb atlantizmining g’alabasi va sobiq sho’ro davlatining qulashi mondialistik loyihalarning barham topishi yoxud mantiqan o’zgarishiga olib kelishi kerak edi. 1990 - yillarning boshida mondializmning yangi ko’rinishi sifatida F.Fukuyamaning ―Tarix intihosi‖ maqolasi asosida ishlab chiqilgan doktrina paydo bo’ldi. Jiddiy shov - shuvlarga sabab bo’lgan ushbu maqolada ilgari surilgan g’oya siyosatchilar va boshqa ko’plab taniqli mutaxassislar tomonidan neomondializmning g’oyaviy bazasi sifatida talqin qilina boshlandi.
Yuqorida qayd etilganidek uchinchi yo’nalish Zbignev Bjezinskiy nomi bilan bog’liq. U yo’nalish ―Yangi tartibdagi amerikacha gegemonlik‖ deb ataladi va ―Buyuk shaxmat doskasi‖ asarida asoslashga harakat qilingan. Bjezinskiy amerikacha gegemonlikni quyidagicha asoslab berishga harakat qiladi: insoniyat tarixida ilk bor bitta davlatning yakka hukmronligi joriy etildi; barcha sohalarda liderlik qilayotgan davlat yevrosiyo davlati hisoblanmaydi; jahonning markaziy nuqtasi bo’lmish Yevrosiyodagi jarayonlar AQSH ta‘sirida amalga oshirilmoqda. Shunday ekan AQSH asta - sekin jahonga hukmronlik qilish, insoniyat oldidagi global vazifalarni hal etishi lozim. AQSH geostrategiyasining bosh maqsadi xalqaro maydonda teng huquqli hamkorni (aniqrog’i raqibni) paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik hisoblanadi. Yevrosiyo AQSH uchun eng muhim geosiyosiy sovg’adir. Yevrosiyoning o’ziga xos xususiyatlari:
Jahondagi eng kuchli iqtisodiy - texnologik markazlarning uchdan ikkitasi aynan shu yerda joylashganligi: G’arbiy Yevropa va Osiyo - Tinch okeani davlatlari;
Yevrosiyoda dunyo aholisining 75 foizi yashaydi;
Bir yilda jahonda yaratiladigan YAIM ning 60 foizi shu yerda yaratiladi;
Jahondagi jami tabiiy zahiralarning 80 foizi Yevrosiyoda joylashganligi;
Mintaqaviy gegemonlik da‘vo qiluvchi davlatlarning mavjudligi. Ular kelajakda xalqaro gegemonlik darajasiga yetishishi mumkin; Jamiki quruqlikni 3/1 Yevrosiyoga tegishli ekanligi.
Umuman olganda bugungi kunda quyidagi AQSH ning buyukligini ta‘minlashga yaqindan xizmat qiladi:

Mamlakatning harbiy qudrati;
Asosiy harbiy tuzilmalarda liderlik qilish, uni o’z nazoratida ushlab turishi;
Kuchli har tomonlama yuksak iqtisodiyot. YAIM yaratishdagi tanho hukmronlik;

Ilm – fan va texnologik, konstruktorlik markazlariga egaligi;
Jahon moliyasi ustidan nazorat. 2014 - yilda xalqaro savdolarning, bitimlarning 80 foizi dollarda amalga oshirilgan;
Kuchli mafkuraviy - targ’ibot texnologiyalariga egaligi va ular ustidan nazorat va sh.k.
Albatta neoatlantistlarning fikrlariga sub‘yektiv xarakter kasb etsada, o’zaga yarasha asoslarga egaligini qayd etib o’tdik. Qolaversa bu ta‘limotlarning asosiy g’oyalari, xulosalari bilan hisoblashmaslik mumkin emas.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə