Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə14/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89
Geosiyosat majmoa

Faoliyatli (harakatiy) uslub. Mazkur uslubdan foydalanish geosiyosat ob’ekt va predmetida turgan muammoli vaziyatning umumiy tavsifi hamda uning harakatlanishi bilan bog’liq tomonlarni o’rganishda qo’l keladi. Geosiyosiy jihatdan u kechayotgan jarayonlarni harakatdagi kuch sifatida biladi. Shuning uchun ham muammo dinamikasini bosqichlarga bo’lib o’rganishni afzal ko’radi. Jumladan, muammolar dinamikasini tahlil etishda harakatdagi kuchlarning maqsadlarini aniqlash va qarorlar qabul qilishga; qabul qilingan rejalarni amaliyotga tadbiq etishga; faoliyatni boshqarib turishga; amaliyotda qo’yilgan maqsadlarni doimo hisobga olib turishga; olingan natijalarni tahlil qilishga va o’z navbatida yangi maqsad va vazifalarni ishlab chiqishga katta e’tibor beradi.
Geosiyosatda harakatiy uslub siyosiy qarorlar qabul qilishning muhim uslubigina emas, balki nazariy asosi bo’lib ham xizmat qiladi. Bundan tashqari, geosiyosiy kuchlarning me’yoriy faoliyati ularning qanchalik o’z harakatlarini real voqelik bilan uyg’unlashtira olganliklari bilan bog’liq.
Funktsional uslub. Ijtimoiy-siyosiy fanlarda funktsional uslub jamiyat barcha doiralarining o’zaro aloqadorligini tadqiq etadi. Geosiyosatda esa ko’proq davlatlarning iqtisodiy-siyosiy, harbiy, madaniy munosabatlarini, urbanizatsiya darajasi va aholining zichligini, ijtimoiy guruhlar va institutlarning siyosiy faolligi va boshqa shu kabi masalalarni nazarda tutadi. Funktsional uslub siyosiy hodisalar yoki geosiyosiy jarayonlarni o’rganishda diniy dogmatik yoki axloqiy qadriyatlarga asoslanib qolishni yoqlamaydi. Balki muammolarda ularning tashqi muhit bilan bog’lanishi, izchilligi va nechog’li real hayot bilan uyg’unlashganligini tahlil etishning zarurligiga katta e’tibor beradi.
Funktsional uslub jamiyat, davlat, davlatlar ittifoqlariga murakkab tuzilmalar sifatida qaraydi va ularning har biri mavjud tuzumda o’ziga xos funktsiyalarni bajaradi. Shuningdek, funktsional uslub jamiyat va davlatdagi siyosiy institutlar – xalqaro tashkilotlar, davlatlar uyushmasi, davlatlar, partiyalar, siyosiy harakatlar va boshqa ijtimoiy guruhlarning faoliyatini ham o’rganadi.
Ijtimoiy-siyosiy fanlarga funktsional uslubni italyan mutafakkiri, tarixchi va davlat arbobi Nikollo Makiavelli (1469-1527) olib kirgan va u o’z asarlarida mazkur uslubni keng qo’llagan.
Ba’zi tadqiqotchilar geosiyosat fanining uslublari qatoriga instituttsional, antropologik, mantiqiy va empirik uslublarini ham qo’shishadi. Bizningcha, geosiyosatda mazkur uslublar tuzilishi va muammolarni tadqiq etish ko’lami jihatidan funktsional uslub doirasiga kiradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə