Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


R.Chellenning geosiyosiy konsepsiyalari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə17/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89
Geosiyosat majmoa

3. R.Chellenning geosiyosiy konsepsiyalari. Rudolf Chellen 1864 - yil tug’ilgan. Shved sotsiologi, politologi, tadqiqotchisi. Lekin uning qalbi germanfil milliy ruhi bilan sug’orilgan. Fon Gumbolt, Ratsel bilan bir qatorda nemis klassik geosiyosatining otasi hisoblanadi10. Dastlab Gyoteborg, keyin esa Upsalsk universitetlari professori bo’lgan. R.Chellen geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir qismi sifatida qaragan. «Buyuk kuchlar: zamonaviy katta siyosatdan ocherklar’ (1914), «Davlat hayotning muhim shakli sifatida’ (1916), «Siyosiy tartiblar asoslari’ (1920) nomli asarlari olim ijodining asosini tashkil etadi.
Yuqorida ta‘kidlaganimizdek, "geosiyosat" atamasi ilmiy doirada birinchi bo’ulib shved olimi Rudolf Chellen tomonidan ishlatilgan. R.Chellen professional geograf bo’lmagan va geosiyosatga siyosatshunoslikning muhim bir yo’nalishi sifatida qaragan. U geosiyosatga "borliqda geografik organizm sifatida mujassamlashgan davlatlar haqidagi fan" tarzida ta‘rif bergan.11
R.Chellen davlatning qudratini unda mavjud bo’lgan beshta jihat bilan bog’laydi, bular:

davlat geografik makon sifatida; davlat muayyan xalq sifatida; davlat o’ziga xos ho’jalik sifatida; davlat jamiyat sifatida; davlat boshqaruv sifatida12.

Chillen davlatning kuch - qudratini ushbu omillardan kelib chiqib belgilaydi. Shundan kelib chiqib davlat haqidagi fanlar ham beshta bo’lishi kerak. Uningcha, bu atamalar bir vaqtning o’zida siyosatshunoslikning ham muhim bo’limlaridan sanaladi, ya‘ni: geosiyosat - "davlatni kuch va borliqdagi geografik organizm sifatida o’rganish"; ekosiyosat -"davlatlarni iqtisodiy kuch markazi sifatida o’rganish"; demosiyosat - "davlatlarda istiqomat qiluvchi xalqlarni, ularning turmush

tarzini tadqiq qilish; sotsiosiyosat -"davlatning ijtimoiy jihatlarini o’rganish";
kratosiyosat -"davlatlarning hokimiyat va boshqaruv shakllarini va ularning davlatdagi huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan munosabati muammolarini o’rganish".13
Ushbu tahlilar asosida Chillen ―davlat kuch - qudrati‖ tushunchasi va uning formulasini yaratishga harakat qiladi:

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə