Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Maastriхt bitimlari Yevropa Ittifoqiga quyidagi vazifalarni yuklagan



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə56/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89
Geosiyosat majmoa

Maastriхt bitimlari Yevropa Ittifoqiga quyidagi vazifalarni yuklagan: 
-Yagona valyuta yaratish va uni boshkarish; 
-Yagona iqtisodiy siyosatni, ayniqsa, uning budjеt ishlariga taalluqli 
qismini muvofiqlashtirish, nazorat qilish, (o’rinli topilganda) kuchaytirish; 
-erkin raqobatga asoslangan yagona bozorni tashkil etish va 
himoyalash; 
-boy va qashshoq mintaqalar o’rtasida tеnglikka intilish hamda (imkon 
bo’lgan joylarda) mablag’larni qayta taqsimlash; 
-qonunchilik va tartib-qoidani qo’llab-quvvatlash; 
-ayrim fuqorolarning tub huquqlarini e’tirof etish va rivojlantirish; 
-uchinchi mamlakatlarga nisbatan bamaslahat yuritiladigan savdo, 
kеyinroq esa umumiy iqtisodiy siyosat to’g’risida, iqtisodiy siyosatni 
yagonalashtirish borasida ham kеlishib olishlarini nazarda tutadi. 
Evropa Ittifoqining borligi haqida hamma biladi. Bugungi kunda bu dunyodagi eng muhim jamoalardan biri. Bu erda qaysi davlatlar Yevropa Ittifoqining bir qismi ekanligi haqida gapirish kerak . Bugungi kunda Ruminiya, Bolgariya, Estoniya, Chexiya, Sloveniya, Slovakiya, Polsha, Malta, Litva, Latviya, Kipr, Vengriya, Shvetsiya, Finlyandiya, Avstriya, Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya, Irlandiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Niderlandiya , Lyuksemburg, Italiya, Germaniya, Belgiya.Maastrixt bitimining qoidalari har qanday EI davlatining muayyan miqdordagi davlat qarzini (GSYİH'nın% 60'ını aşmadığı) va byudjet kamomadi GSYİH'nın % 3'ünden ko'p bo'lmasligi kerak. Inflyatsiya darajasi past ko'rsatkich bilan uchta mamlakatda o'rtacha inflyatsiya darajasidan oshmasligi kerak.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YEVROPA ITTIFOQI BILAN HAMKORLIGI


O‘zbekiston mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab Yevropa bilan hamkorlikni o‘z tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab oldi. O‘zbekiston bilan Yevropa mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar ikki tomonlama va 1999-yilning 1-iyulidan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi hamda unga a`zo davlatlar bilan Sherikchilik va hamkorlik kelishuvi doirasida rivojlanib bormoqda.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muloqoti faol xarakterga ega. U 5 asosiy qo‘shma organ doirasida amalga oshirilmoqda: Hamkorlik kengashi (13 ta yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan), Hamkorlik qo‘mitasi (14 ta yig‘ilishi), Iqtisodiyot, savdo va investitsiyalar bo‘yicha quyi qo‘mita (12 ta yig‘ilishi), Parlament hamkorligi qo‘mitasi (13 ta yig‘iilishi) hamda Adliya, ichki ishlar va boshqa masalalar bo‘yicha quyi qo‘mita (14 ta yig‘ilishi).
2011-yil 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning Bryusselga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida Yevropa Komissiyasi prezidenti Joze Manuel Barrozu va Yevropa Ittifoqining energetika masalalari bo‘yicha komissari Gyunter Ettinger bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Shuningdek O‘zbekistonda YeI diplomatik vakolatxonasini (Delegatsiyasini) tasis etish to‘g‘risidagi Kelishuv, O‘zbekiston Respublikasi va YeI o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bayonnoma hamda 2011-2013 -yillarda Yevropa Ittifoqi Komissiyasi texnik ko‘magi Indikativ dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Bayonnoma imzolandi.
Bryussel shahriga oliy darajadagi tashrif Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasi bilan turli sohalardagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni teng huquqlilik va o‘zaro sheriklik asosida kengaytirishga bo‘lgan qiziqishini namoyon etdi.
2011- yilning 31-may kuni Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Hozirgi kunda YeIning O‘zbekistondagi elchisi sifatida Eduards Stiprays faoliyat yuritmoqda.
2017-yilning 16-19-iyul kunlari Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bryussel shahriga O‘zbekiston Respublikasi va Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.
2017-yilning 9-10-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat va xavfsizlik masalalari bo‘yicha Oliy vakili Federika Mogerini O‘zbekistonga “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Ushbu tashrif doirasida u Prezident SH.M.Mirziyoyev tomonidan qabul qilindi.

11-Mavzu:Geosiyosat munosabatlar tizimida AQSH ning roli.


Reja
1.AQSH tashqi munosabatlarining rivojlanish tarixi.
2.Vilsonning tichlik dasturi.Daues va Yung rejalari.
3.Yaqin Sharq masalasi.Kemp-Devid bitimi.
4.O’zbekiston va AQSH o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalasi.


AQSH jahon urushi natijasida dunyoning qudratli davlatiga aylandi. Xo‘sh, qanday omillar bunga sabab bo‘ldi? Ma’lumki, AQSH Birinchi jahon urushiga 1917-yilning aprel oyida kirganedi. Yevropadagi harbiy harakatlarda esa 1918-yilning yozidan ishtiroketdi. AQSH monopoliyalari Yevropa davlatlariga ulkan miqdorda qurolyarog‘va oziq-ovqat mahsulotlari sotdi. Urush yillarida Qo‘shma Shtatlarmonopoliyalari 35 mlrd dollar miqdorida sof daromad ko‘rdilar. Aynipaytda Yevropa davlatlari AQSHdan katta miqdorda qarz olishga majburbo‘ldilar. Chunonchi, Yevropaning 20 davlati (jumladan, Buyuk Britaniya vaFransiya ham) 10 mlrd dollar miqdorida qarz bo‘lib qoldi. Bu qarz uchunyiliga to‘laydigan foizning o‘zi 1 mlrd dollarni tashkil etgan. Vaholanki, AQSH urushgacha Yevropa davlatlaridan 6 mlrd dollar qarz edi. Urushyillarida AQSHning chetga sarmoya joylashtirishi 6 baravar ko‘paydi. AQSH tashqi savdo aylanmasi 1914-yilda 2,3 mlrd dollarni tashkil etganbo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1920-yilda 8 mlrd dollarga yetdi. Eksport importdan 4mlrd. dollar ortiq bo‘ldi. AQSH xazinasida dunyo oltin zaxirasining deyarli50 foizi to‘plandi. 1914—1920-yillar mobaynida AQSH milliy boyligi 2,5baravar ortdi. 1920-yilga kelib butun dunyoda ishlab chiqarilgan mahsulotning 47 foiziAQSH hissasiga to‘g‘ri keldi. Ayni paytda AQSH sanoatining turli tarmoqlariham gurkirab rivojlandi. Masalan, dunyo bo‘yicha avtomobilning 80 foizi, neftning 67 foizi AQSHda ishlab chiqarildi.Shu tariqa AQSH jahonning yetakchi davlatiga, moliyaviy markazigava jahon bozorining qudratli tayanchiga aylandi. 1922-yilning oxirida AQSH iqtisodiyotida yangi yuksalish boshlandi. 1928—1929-yillarga kelibAQSH sanoati Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya sanoati birgalikda ishlab chiqargandan ko‘pmahsulot ishlab chiqardi. Chetga sarmoya chiqarish 1929-yilda 4 baravar ortdi. 1919—1929-yillar davomida AQSHning chet davlatlarga bergan qarzi boshqa barcha rivojlangan davlatlar bergan qarzdan ko‘p bo‘ldi. Bu qarzlar evaziga AQSH 1922—1932-yillar davomida 9,2 mlrd dollar foyda oldi.AQSH sudxo‘r davlatga aylandi. AQSHda iqtisodiy yuksalish yangi texnikaviy asosda eng yangi texnika uskunalarini qo‘llash, konveyer tizimi, standartlashtirish va modernizatsiyalash kabi usullarni keng tatbiq etish yo‘li bilan amalga oshirildi. Buning natijasio‘laroq, birgina avtomobilsozlik sanoatida 1927-yilda 7 mln dona avtomob ishlablab chiqarildi. Shu tariqa ishlab chiqarish Amerika jamiyati taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuchga aylandi. Ishlab chiqarishning tinimsiz o‘sishi orqali katta boylik yaratilishi rejalashtirildi va bu boylikning bir qismi qashshoqlikka barham berishga sarflanishi lozim edi. Shu tariqa, jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni hal etishning Yevropa yo‘lidan farq qiluvchi Amerika yo‘li vujudga keldi. Yevropa yo‘li — ijtimoiy muammolarni ijtimoiy islohotlar yo‘li bilan hal etish yo‘li. Amerika yo‘li esa tadbirkorlik faoliyatini yanada o‘stirish orqali mulkdorlarni yanada boyitish va bu boylikning bir qismini ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflash yo‘li edi. Bu hodisa tarixda «yangi ijtimoiy falsafa», deb nom olgan. AQSHda yangi ijtimoiy falsafa hayotda ma’lum darajada o‘z ifodasini topdi. 20-yillar oxirida avtomobillar soni 28 mln ni tashkil etdi. Bu —Amerika deyarli har bir oila avtomobilga egalik qilishi imkoniyatini qo‘lga kiritdi, degani edi. Boshqa iste’mol tovarlari ham ko‘plab ishlab chiqarildi. Tovarlarni kreditga sotish keng yo‘lga qo‘yildi. Bu esa ishlab chiqarishning yanada o‘sishiga olib keldi. Mamlakat to‘la telefonlashtirildi. Biroq bu aytilganlar Amerika jamiyatida muammolar tugatildi, degani emas edi. Xususan, 1928-yilda jamiyatda ishsizlar soni 3 mln kishini tashkil etdi. Qishloq xo‘jaligi og‘ir ahvolda qoldi. 1920—1930-yillarda fermer xo‘jaliklari soni kamaydi. Ularning qarzi 15 mlrd dollarga yetdi. Buning asosiy sababi mamlakatda qishloq xo‘jalik mahsulotlari asosan chet davlatlardan keltirilishi edi.



Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə