Davlat univеrsitеti qayd raqami Tasdiqlayman o ‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Vudro Vilsonning tinchlik dasturi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə58/89
tarix28.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#133546
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89
Geosiyosat majmoa

Vudro Vilsonning tinchlik dasturi:
— Tinchlik shartnomalarining yashirin bo‘lmasligi.
— Ham tinchlik, ham urush davrida dengiz savdosining erkin bo‘lishi.
— Xalqaro savdodagi barcha to‘siqlarni yo‘q qilish.
— Davlatlarning qurolli kuchlarini davlat xavfsizligini ta’minlashga imkon
beruvchi darajagacha qisqartirish.
— Mustamlakalar bilan bog‘liq barcha muammolarni va nizolarni erkin, samimiylik va xolislik ruhida hal etish.
— Germaniya bosib olgan barcha hududlarning ozod etilishi.
— Belgiyaning ozod etilishi va mustaqilligining tiklanishi.
— Elzas va Lotaringiyaning Fransiyaga qaytarilishi. Fransiyaning bosib olingan boshqa hududlarining ozod etilishi.
— Italiya chegarasining aniq ajralib turuvchi milliy chegaralar asosida o‘zgartirilishi.
— Avstriya-Vengriya tarkibiga kiruvchi xalqlarga muxtoriyat berilishi.
— Germaniyaning o‘z qo‘shinlarini Ruminiya, Serbiya va Chernogoriyadan olib chiqib ketishi hamda Serbiyaning dengizga erkin chiqa olishini ta’minlash.
— Turkiya hududidagi xalqlarga muxtoriyat berilishi.
— Dardanell bo‘g‘ozining hamma davlatlar kemalari uchun ochiqligi.
— Dengizga chiqa oladigan mustaqil Polsha davlatining tiklanishi. Polyaklar yashaydigan hududlarning Polshaga berilishi. Millatlar Ittifoqining tuzilishi. Uning ham katta, ham kichik davlatlarning siyosiy mustaqilligini va hududiyyaxlitligini kafolatlash maqomiga ega bo‘lishi.
«Daues rejasi» AQSH Germaniyaning butunlay zaiflashtirib qo‘yilishini aslo istamas edi. Chunki Germaniyaning butunlay zaiflashuvi AQSHning doimiy raqiblari Buyuk Britaniya va Fransiyani yanada kuchaytirgan bo‘lardi. Bundan tashqari, AQSHga yangi raqibi — Sovet davlatini jilovlashda qudratli Germaniya zarur edi. Shuning uchun AQSH Germaniyaga iqtisodiy va moliyaviy yordam ko‘rsatishga qaror qildi. Bu yordam rejasi tarixga «Daues rejasi» nomi bilankirgan. Oxir-oqibatda esa, bu reja Germaniya iqtisodiyotining gurkirab rivojlanishiga, uning harbiy qudrati qayta tiklanishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Rejani AQSHlik bankir, general Daues boshchiligidagi maxsus komissiya ishlab chiqqan edi. Mazkur reja 1924-yil 16-iyulda Londonda bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiyada qabul qilindi. Rejada Germaniya sanoatini, birinchidan, chet el sarmoyasi yordamida, ikkinchidan, Germaniya va Rossiya o‘rtasidagi savdoni yanada rivojlantirish yo‘li bilan tiklash ko‘zda tutildi. Rejada Germaniyaning 1925-yilda Antanta davlatlariga oltin hisobida 1 mlrd marka tovon to‘lashi ko‘zda tutilgan. 1929-yilda esa bu ko‘rsatkich yiliga 2,5 mlrd markani tashkil etishi kerak edi. Keyinchalik bu to‘lovlar miqdori kamayar va Germaniya iqtisodiimkoniyati darajasiga qarab to‘lanar edi. «Daues rejasi»ning qabul qilinishiga Fransiya rozi bo‘lsa, AQSH Fransiyaning qarzlarini kechib yuborish majburiyatini olgan edi. Shuning uchun ham u «Daues rejasi»ni qabul qildi va 1925-yilda Rur viloyatidan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketdi. Buyuk Britaniya esa Fransiyaning Yevropa qit’asida yetakchi davlat bo‘lib qolishini xohlamas edi. Kuchli Germaniyaning mavjud bo‘lishi Fransiyani Buyuk Britaniya bilan hisoblashishga majbur etar edi. Qolaversa, kuchli Germaniya Buyuk Britaniya uchun Sovet davlatiga qarshi turishi ham zarur edi. «Daues rejasi»1924—1929-yillar oralig‘ida chet davlatlarning Germaniyaga bergan qarzlari, kiritgan sarmoyalari 21 mlrd markani tashkil etdi. AQSHning o‘zi 10 mlrd dollarlik sarmoya kiritdi. Bu qarz o‘z samarasini ko‘rsatdi. Germaniya iqtisodiy taraqqiyotida katta muvaffaqiyatlarga erishdi va 1927—1928-yillarga kelib bu davlat sanoat ishlab chiqarish va tashqi savdo hajmi bo‘yicha urushdan oldingi darajaga chiqib oldi. 1929-yil esa undan oshib ham ketdi. Sanoat taraqqiyotida u Buyuk Britaniya va Fransiyani orqada qoldirdi. 1929-yilda «Daues rejasi» «Yung rejasi» bilan almashtirildi

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə