Davlat va huquq


MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106
10 sinf huquq

MA’MURIY HUQUQ SUBYEKTLARI
Ma’muriy huquq ijtimoiy sohaning turli sohalarini tartibga soladigan 
davlat hukumat organlarining faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Jamiyatning 
hayoti boshqaruvga muhtoj, chunki sanoat ham, qishloq xo‘jaligi ham, mada
-
niyat va ma’rifat ham o‘z-o‘zidan rivojlanmaydi.
Prezident, davlat boshqaruvi organlarining xizmatchilari, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlarning mansabdor shaxslari va xizmatchilari, 16 yoshga 
to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet elliklar va fuqaroligi bo‘lma
-
gan shaxslar, jamoat birlashmalari ma’muriy huquq subyektlari hisoblanadi.


44
Davlat hokimiyatining oliy idorasi — Oliy Majlis qanday qonunlar qa
-
bul qilmasin (harbiy majburiyat, ta’lim tizimini isloh qilish, qo‘shma korxo
-
nalar, ijara yoki onalik va bolalikni muhofaza qilish va hokazo), ularning har 
biri ro‘yobga chiqarilishi kerak. Davlat boshqaruvining mahalliy va markaziy 
idoralari buning uchun shart-sharoit yaratadi. Davlat boshqaruvining markaziy 
idoralariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari kiradi.
Ularning har biri iqtisodiyot, madaniyatning alohida tarmoqlarini boshqa
-
radi. Masalan, Ichki ishlar vazirligi mamlakatda huquq-tartibotni ta’minlash bi
-
lan bog‘liq masalalarni hal etadi, Xalq ta’limi vazirligi esa ta’lim muassasalari 
faoliyatiga rahbarlik qiladi va hokazo.
Mahalliy hokimiyat idoralariga hokim boshchiligidagi hokimliklar kira
-
di, ular viloyat, shahar yoki tumanda ijroiya va farmoyish chiqarish hokimiyati 
bo‘lib, kundalik tezkor ishlarni bajaradi.
Ijtimoiy muammolarni hal etishda jamoat tashkilotlari ham ishtirok etadi. 
Mahalliy muammolarni hal etishda o‘zini o‘zi boshqaruvchi mahalliy idoralar, 
masalan, fuqarolar yig‘inlari va oqsoqollar, kasaba uyushmasi qo‘mitalari va 
hokazolar katta ahamiyatga ega. Ular o‘z vazifalarini ko‘ngillilik asosida ba-
jaradilar. Jamoat tashkilotlarining qarorlari faqat ana shu tashkilotga kiruvchi 
fuqarolar uchun majburiydir.



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə