Davlat va huquq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106
10 sinf huquq

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY JAVOBGARLIK 
 
TO‘G‘RISIDAGI KODEKSI
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrdagi Qonuni bilan tasdiqlan
-


47
gan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 22-sentabrdagi Qa
-
rori bilan 1995 yil 1-apreldan joriy etilgan. Hozirgi paytga qadar unga ko‘plab 
o‘zgarishlar kiritilgan.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari inson va jamiyat 
farovonligi yo‘lida fuqarolarning huquq va erkinliklarini, mulkni, davlat va 
jamoat tartibini, tabiiy muhitni muhofaza qilishni, ijtimoiy adolat va qo
-
nuniylikni ta’minlashni, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarning 
o‘z vaqtida va obyektiv ko‘rib chiqilishini, shuningdek bunday huquqbuzar
-
liklarning oldini olishni, fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsi-
yasi va qonunlariga rioya etish ruhida tarbiyalashni o‘z oldiga vazifa qilib 
qo‘yadi.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ushbu Kodeks qanday harakat yoki 
harakatsizlik ma’muriy huquqbuzarlik hisoblanishini, ma’muriy huquqbuzar
-
likni sodir etgan shaxsga nisbatan qaysi organ (mansabdor shaxs) tomonidan 
qay tartibda qanaqa ma’muriy jazo qo‘llanilishi va ijro etilishini belgilaydi.


48
Bilimingizni sinang!
1. 
Nima deb o‘ylaysiz, yuridik javobgarlik belgilayotganda qo
-
nun chiqaruvchilar qanday asosiy maqsadni ko‘zlashadi?
2. 
Jazoning muqarrarligi tamoyilining mohiyati nimada?
3. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aso
-
siy maqsadini ayting.
4. Qanday harakatlar ma’muriy huquqbuzarlik (nojo‘ya harakat) 
deb tan olinadi?
5. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy majburlash huquqiy 
tushunchalariga ta’rif bering.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə