Jinoyatchi shaxsini psixologik tahlil qilish. Reja : Yuridik psixologiyada jinoyat tushunchasi. Huquqbuzar shaxsi tushunchasi. Huquqbuzarlik



Yüklə 85 Kb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#142835
  1   2   3   4   5
Jinoyatchi shaxsini psixologik tahlil qilish. Reja Yuridik psi


Jinoyatchi shaxsini psixologik tahlil qilish.
Reja :
1. Yuridik psixologiyada jinoyat tushunchasi.
2. Huquqbuzar shaxsi tushunchasi.
Huquqbuzarlik - huquq va muomala layoqatiga ega subʼyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Oʻz xususiyatiga koʻra, H. jinoyat, nojoʻya harakat, intizomni buzish shaklida boʻladi. Koʻp hollarda H. qonunbuzarlik soʻzi bilan bir xilda ishlatiladi. Fuqaroviy H. (shaxsga, fuqaro yoki tashkilotning mulkiga ziyon yetkazish), maʼmuriy H. (mas, mayda bezorilyk, yoʻl harakati qoidasini buzish), intizomiy H. (nojoʻya harakat, mas, ishga kelmaslik, kech qolish) farqlanadi. H.ning eng xav-fli koʻrinishi jinoyatdir. H. uchun qonunda tegishlicha fuqaroviy, maʼmuriy, intizomiy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Huquqbuzarlik-sodir etilganligi uchun ma'muriy yoki jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan aybli,g'ayriijtimoiy qilmish (harakat yoki harakatsizlik).
Shaxslar ma’lum huquqiy qoidalarga, huquq normalariga amal qiladilar. Bu qoidalarga amal qilmaslik, o‘rnatilgan huquqiy normalarning buzilishiga olib keladi. Bu esa huquqbuzarlik deb ataladi. Huquqbuzarlik odatda 4 guruhga bo‘linadi: intizomiy huquqbuzarlik; fuqarolik huquqbuzarligi; ma’muriy huquqbuzarlik; jinoiy huquqbuzarlik.
Intizomiy huquqbuzarlik — xizmat burchini bajarib turganda har qanday mehnatda majburiy bo‘lgan mehnat tartib-qoidalarining va rahbar likka bo‘ysunish tamoyillarining buzilishi. Masalan, ishga, o‘qishga kech qolish; ishga yoki o‘qishga sababsiz kelmaslik yoki sababsiz ketib qolish; ishga mast holda, spirtli ichimliklar, narkotik moddalar iste’mol qilgan holda kelish va boshqalar. Fuqarolik huquqbuzarligi — insonlarning mulkiga yoki shaxsiga qarshi qonunga xilof harakat (yoki harakatsizlik) natijasida yetkazilgan zarar. Masalan, bir shaxsdan qarz olib, uni vaqtida qaytarmaslik; shart nomalarni, majburiyatlarni bajarmaslik va boshqalar. Jinoiy huquqbuzarlik — jinoyat sodir etish, ya’ni o‘g‘rilik, talonchilik, odam o‘ldirish, ichki ishlar xodimiga qarshilik ko‘rsatish va boshqalar. Ma’muriy huquqbuzarlik — qonunga binoan ma’muriy javobgarlikka tortish nazarda tutilgan, fuqarolarga, tabiiy muhitga nisbatan (qasddan yoki ehtiyotsizlikdan) sodir etilgan harakat yoki harakatsizlik. Masalan, mayda bezorilik; yo‘l harakati va transport vositalaridan foydalanish qoidalari; pasport tizimi va qayd etish qoidasi (harbiy va pasportni ro‘yxatdan o‘t kazish qoidalari); elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish, atrof muhitni, tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklarni olish mumkin.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə