Bevosita ta’lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma’lumotga EGA bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi



Yüklə 266 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.12.2023
ölçüsü266 Kb.
#150491
Davlat va huquq nazariyasi



Bevosita ta’lim shaklida tashkil etiladigan Oliy ma’lumotga ega 
bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kursi 
(2023-yilning yanvar-iyul oylarida) tinglovchilari uchun Davlat va 
huquq nazariyasi modulidan oraliq nazorat kazuslari 
 
1-kazus 
Qonun davlatning oliy vakillik organi (yoki referendum orqali xalq) tomonidan 
belgilangan tartibda qabul qilinadigan, eng muhim va barqaror ijtimoiy 
munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan 
normativ-huquqiy hujjat bo‘lib, uni tayyorlash muayyan bosqichlarda amalga 
oshiriladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maqullangan 
Qonun imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. Prezident 
esa qonunning ayrim moddalariga e’tiroz bildirib, tavsiya va takliflar bilan qonunni 
Qonunchilik palatasiga qaytardi. Prezident tomonidan qaytarilgan qonun to‘g‘ridan 
to‘g‘ri qayta ko‘rib chiqish uchun Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga 
kiritildi. Lekin Qonunga hech qanday o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmasdan, u 
Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan qabul 
qilindi va imzolash uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga yuborildi. 
Prezident qonunni Qonunchilik palatasi tomonidan qayta ko‘rib chiqish tartibiga 
amal qilinmaganligini ta’kidlab, qonunni imzolamadi. 
Qonun ijodkorligi bosqichlarini muhokama qilish orqali vaziyatga huquqiy 
baho bering.
2-kazus 
Ba’zi mualliflar “huquqiy tizim”ni “huquq tizimi” iborasi bilan bir xil deb 
tushunadilar, boshqa olimlar esa, mazkur tushuncha doirasida huquqiy normalar va 
huquqiy munosabatlarning o‘zaro daxldorligini nazarda tutadilar. Uchinchi guruh 
mutaxassislar “huquqiy tizim tushunchasi normativ tuzilma sifatida huquqning 
tuzilishini, vakolatli organlarning huquq ijodkorlik va huquqni qo‘llash sohasidagi 
faoliyatlarini qamrab oladi”, deb ta’kidlaydilar. 
Huquq tizimi va huquqiy tizim o‘rtasida farqlarni muhokama qiling va 
fikringizni misollar yordamida yoritib bering. 
 
3-kazus 
Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. 
Olimlar normativ-huquqiy hujjatlardan boshqa huquq manbalari (huquqiy odat, sud 
va ma’muriy pretsedentlar) umumiy tartibga soluvchi ahamiyatga molik emas deb 
hisoblashadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ular qisman, yordamchi va 
qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi. 
Huquq manbasi sifatida normativ-huquqiy hujjatning boshqa huquq manbalaridan 
ajralib turuvchi tomonlarini misollar yordamida muhokama qiling. 

Yüklə 266 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə