Arxivlar to’g’risida



Yüklə 22,99 Kb.
səhifə1/2
tarix05.04.2023
ölçüsü22,99 Kb.
#104213
  1   2
O’zbekiston Respublikasining “Arxivlar to’g’risida”gi qonuni
235 HUQUQIY MUNOSAB, Ekologiya fani haqida tushuncha. Maqsadi, vazifalari

O’zbekiston Respublikasining “Arxivlar to’g’risida”gi qonuni
O’zbekiston mustakillikka erishgandan so’ng xalkimizning xakikiy tarixiga bo’lgan kizikishi bekiyos darajada o’sdi, maonaviy kadriyatlarni kayta tiklash xayotiy zaruratga aylandi. Bu esa xalk tarixiy xotirasining ajralmas kismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga kuymokda.
Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saklanib koldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir. Mustakillik yillarida faqatgina sobik partiya (KPSS) arxivlari kayta tuzildi. Toshkentdagi sobik O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi.
Mustakillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chukur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan kabul kilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Konunni eslab o’tish joizdir. Bu konun arxivlar faoliyatining xukukiy negizidir. Mazkur konunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saklash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini topgan. Konunda O’zbekiston Respublikasining xozirgi zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi.
O’zbekistonning xozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat. O’zbeiston Respublikasida davlat xokimiyati va boshkaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar koshida hujjatlarni vaqtincha saklash, ulardan xizmat, ishlab chikarish, ilmiy va boshka maksadlarda foydalanish maksadida idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Konunda belgilanganidek, zarurat tuGilganda idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar xam tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saklash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki muassasa raxbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Konun va Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Bosh Arxiv boshkarmasi tasdiklagan nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu muddatning kancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan boGlikdir. SHaxar, tuman va kishloklar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saklanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va xokimiyat boshkaruv organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashki ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fukarolik xolatlarini kayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda saklanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saklanishi kerak.
Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi asosiy manbadir.
O’zbekiston Respublikasining xozirgi zamon davlat arxiv tizimi respublikaning siyosiy-maomuriy tuzilishi negizida tashkil etilgan. Respublika davlat arxiv tizimiga kuyidagi arxivlar kiradi:

  1. KorakalpoGiston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shaxar davlat arxivi;

  2. respublika markaziy davlat arxivlari

Xozirgi kunda KorakalpoGiston Respublikasi markaiy davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Kashkadaryo, Navoiy, Namangan, Samarkand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, FarGona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari xamda Toshkent shaxar davlat arxivi faoliyat ko’rsatmokda. Joylarda ularning 55 filiali mavjud. Viloyat arxivlarida asosan Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrda joylardagi siyosiy axvol, mintakalar xamda viloyatlarning iktisodiy va madaniy tarakkiyotiga oid hujjatlar saklanmokda. Masalan, FarGona viloyat davlat arxivi fondlari FarGona viloyati va FarGona shaxri tarixini, kisman bir vaqtlar FarGona viloyat tarkibiga kirgan Andijon va Namangan viloyatlari tarixini xam aks ettiradi. FarGona viloyat ishchi, soldat va dexkon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda SHo’rolar xokimiyatining o’rnatilishi, ocharkilik va ishsizlikka karshi kurash, istiklolchilik xarakati, ayollarni ozodlikka chikarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi hujjatlari viloyatda sanoat korxonalarining bunyod etilishi, suGorish shoxobchalari, jumladan, Katta FarGona kanalining kurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi xakida batafsil maolumotlar beradi. FarGona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi xam mavjud bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, suGorish inshootlari, bunyod etilgan kasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. Deputatlar, faxriylar, ishlab chikarish ilGorlarining xam suratlari saqlanadi. MarGilon va Kukon shaxarlarida FarGona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat ko’rsatmokda.


Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga kuyidagi arxivlar kiradi:

  1. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA);

  2. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va meditsina hujjatlari markaziy davlat arxivi;

  3. O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi.

SHuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi filallari xam muxim o’rin tutadi.
Tarixiy hujjatlarni saklashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (O’zR MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo kilishidan to xozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Turkiston viloyat xarbiy gubernatori va kushin ko’mondoni fondi (336-f.) va Viloyat markazi axolisini boshkaruvchisi fondida (450-f.) 1865-1868 yillarga mansub hujjatlar jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari, maomuriy tuzilishi va axolisi xususida maolumotlar keltiriladi.
Turkiston general-gubernatori maxkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-gubernatori xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi fondida (3-f.), Rossiyaning Garbiy Xitoy, AfGoniston, Eron, Xiva va Buxoro bilan diplomatik alokalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston o’lkasi va aloxida mintakalarning maomuriy tuzilishi xakida, shaxarlar boshkaruvi va shaxar nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va masjidlarning mikdori va axvoli xakida maolumot beradi.
Turkiston general-gubernatori maxakamasi fondida, Turkiston rayon muxofaza bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshkaruvi, uezd boshliklari, sud orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalklarining milliy-ozodlik xarakati o’z aksini topgan. 1885 yilda FarGonada, 1910 yilda Buxoroda, 1916 yilda butun Turkiston o’lkasida ro’y bergan kuzGolon va Galayonlar to’g’risida maolumotlar bor. Sanoatning rivojlanishi, temir yo’llarning kurilishi, kishlok xo’jaligining axvoli xakidagi maolumotlar savdo-sanoat shirkatlari, dexkonchilik va davlat mulki boshkarmasi fondlarida uchraydi. Turkistonning madaniy xayoti, ukuv va madaniy-okartuv muassasalari, ilmiy jamiyatlar fondlarida o’z aksini topgan.
Xiva xoni maxkamasi fondi (1874-1917 yy; 125-f) va Buxoro amiri Kushbegiisi fondida (XIX asrning oxiri-1920 y; 126-f) xonliklarning siyosiy-iktisodiy axvoli, milliy munosabatlar, O’rta Osiyo xalklarining turmushi va madaniyati to’g’risidagi maolumotlar mavjud.
Fevralp inkilobidan to OktyabrG to’ntarishigacha bo’lgan davr Muvakkat xukumatning Turkiston komiteti xamda Ishchi soldat deputatlari O’lka Soveti fondlarida yoritiladi.
Turkiston ASSR MIK, XKS va xalk komissarliklari fondlarida o’lkada sovet xokimiyatining o’rnatilishi, istiklolchilik xarakati va fukarolar urushi, milliy davlat chegaralanishi va O’zbekiston SSR ning tashkil topishi bilan boGlik vokealar o’z aksini topgan.
O’zR MDA da Buxoro va Xorazm xalk respublikalari markaziy va maxalliy muassasalarining hujjatlari (1920-1924 yy) saklanmokda. Ular bu respublikalardagi siyosiy, iktisodiy va madaniy kurilish xususida maolumotlar beradi.
Arxivda O’zbekiston SSR sovetlari soezdlari hujjatlari, O’zSSR MIK va XKS hujjatlari, boshka sovet idora va muassasalarining hujjatlari xam saklanmokda. Bu hujjatlar va undan keyingi davrga mansub hujjatli materiallar O’zbekistonning butun sovet davridagi xayoti xakida batafsil maolumotlar beradi.
O’zR MDAda shaxsiy fondlar xam keng o’rin olgan. Bu yerda P. A. Kobozev, D. I. Manjara, X. M. Abdullaev, J. I. Abdullaxonov, A. V. Almatinskaya, L. A. Abdullaev va boshka kator partiya va davlat arboblari, fan va madaniyat arboblarining shaxsiy fondlari mavjud.
Markaziy Davlat Arxivida talay arxiv kollektsiyalari xam mavjud bo’lib, ular orasida XIII-XVI asrlarga mansub vakf hujjatlari kollektsiyasi dikkatga sazovordir.
Respublika axamiyatiga molik arxivlardan yana biri – bu O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va meditsina hujjatlari markaziy davlat arxivi bo’lib, u 1962 yilda tashkil etilgan. Arxivda ilmiy-tadkikot, loyixalashtirish, kostruktorlik muassasalarining hujjatlari saklanmokda. Arxiv fondlarida O’zbekistonda turli davrlarda bunyod etilgan sanoat korxonalari, suGorish inshootlari, maomuriy va grajdan binolarining loyixalari mavjud. Kostruktorlik hujjatlari esa turli davrlarda yaratilgan paxta terish, to’kimachilik mashinalari va uskunalari loyixalari va boshka grafik materiallardan iboratdir. Mazkur arxivda tibbiyot ilmiy-tekshirish institutlarida olib borilgan ilmiy tadkikotlar natijalari xam saklanmokda.
O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi 1943 yilda tashkil etilgan. 1959 yilda u O’zbekiston Markaziy Tarix arxivining bir bo’limiga aylantirildi. 1974 yildan eotiboran yana mustakil arxiv sifatida faoliyat ko’rsatib kelmokda. Arxivda saklanayotgan 1917 yildan oldingi davrga taallukli fotosuratlarda Turkiston o’lkasidagi milliy-ozodlik va inkilobiy xarakatlardan lavxalar (1898, 1905. 1907 yy), chor Rossiyasi vakillari tomonidan o’lkaning boshkarilishi, ularning maxalliy axoliga bo’lgan munosabati, sud organlarining faoliyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining xalkaro alokalari, musulmonlarning turmushi va diniy marosimlar o’z aksini topgan.
Sovet davri foto- va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib o’tgan yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot va sanoat namoyandalari, ishlab chikarish ilGorlarining yozib olingan nutk va intervpyularidan, eski bolpsheviklar, fukarolar urushi va ikkinchi jaxon urushi katnashchilarining esdaliklaridan iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida badiiy asarlar yozib olingan magnit lentalari xamda tanikli sanoatkorlar va jamoalar tomonidan ijro etilgan kuy va kushiklar audiokassetalari saklanmokda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha viloyatlardagi bo’limlarida sobik O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli hujjatlari bilan bir katorda xozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar, jumladan Prezident Devoni, viloyatlar, shaxar va tumanlar xokimliklari, O’z XDP va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy xarakatining hujjatlari saklanmokda.

Yüklə 22,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə