“Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil



Yüklə 412,37 Kb.
səhifə1/5
tarix04.04.2023
ölçüsü412,37 Kb.
#104193
  1   2   3   4   5
gazeta


YANGI O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASI: “davlat – jamiyat – inson” tamoyilidan “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘tilmoqda

Yangi O‘zbekistonda mutlaqo yangi milliy huquqiy tizim shakllanmoqda. Ya’ni, “Inson, uning huquqlari, erkinliklari, ayniqsa, qadri – eng muhim qadriyat” degan tamoyil e’tirof etilmoqda. Eng asosiysi: Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” tamoyiliga o‘zgartirilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoev taqdim etgan Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat beradi.
Avvalambor, loyihasi muhokama qilinayotgan asosiy tarixiy hujjatning nomi – “Yangi O‘zbekiston tarraqiyot strategiyasi” deyiladi. Prezidentimiz inauguratsiya nutqida qayd etganidek, o‘tgan saylov davomida davlatimiz rahbarining “Yangi O‘zbekiston strategiyasi” nomli yangi kitobi birinchi navbatda Tadbirkorlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi elektorati o‘rtasida o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazildi.
Yangi O‘zbekiston strategiyasida 2017 yil fevralida Prezidentimizning Farmoni bilan tasdiqlanib, 5 yil davomida hayotga izchil tatbiq etilgan Harakatlar strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar, xususan, asosiy natijalarga oid dalil va raqamlar ham keltirilgan.
Bitta raqamga e’tibor qarataylik: Harakatlar strategiyasini ijro etish uchun 300 dan ortiq qonun va kodeks, Prezidentimizning 4 mingdan ortiq farmon va qarorlari qabul qilingan. Shu tariqa Harakatlar strategiyasi yakuniga kelib, Yangi O‘zbekiston poydevorining huquqiy asoslari yaratildi.
Yangi hujjat – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil amalga oshirib boriladi.
Jamoatchilik muhokamalari shu yil 15 yanvarda yakunlanadigan mazkur Taraqqiyot strategiyasi zamirida qanday ma’no-mohiyat mujassam, degan savol tug‘ilishi tabiiy.
Avvalambor, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”, degan nomning mazmun-mohiyatiga muxtasar to‘xtalamiz. Zero, bu nomning kelib chiqishi, fikrimizcha, bir qator muhim omillarga borib taqaladi.
Birinchi omil: ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi – Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan.
Shu bilan bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish qo‘shilyapti. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.

Yüklə 412,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə