Davlat va huquq


AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106
10 sinf huquq

AYIRBOSHLASH (ALMASHISH) SHARTNOMASI
Bir necha asr avval ayirboshlash shartnomasi oddiy hol edi. Hozir ham 
ayirboshlash shartnomasi saqlanib qolgan, biroq muayyan sabablarga ko‘ra 
uning mohiyati o‘zgardi: birinchidan, ayirboshlanadigan tovarlar qiymati pul 
ko‘rinishida o‘lchanadi; ikkinchidan, ayirboshlash shartnomasiga nisbatan te-
gishli ravishda oldi-sotdi to‘g‘risidagi me’yorlar qo‘llaniladi.
Agar ayirboshlash shartnomasida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa, 
ayirboshlanadigan tovarlar teng qiymatli deb taxmin qilinadi. Aks holda tovar
-
lar narxidagi farq pul bilan qoplanadi.


70
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, tarafar o‘rtasida bir 
mol-mulk boshqasiga ayirboshlanadi.
Soat, marka, ya’ni ishtirokchilar egalik qiladigan barcha narsalar almash
-
tirish-ayirboshlash shartnomasiga misol bo‘ladi. Ayirboshlash shartnomasi 
kuchga kirganidan keyin har bir taraf berilayotgan mulk uchun egalik huquqini 
yo‘qotadi va olingan mulk uchun xuddi shunday huquqqa ega bo‘ladi.
3-topshiriq.
 
Qanday hollarda ayirboshlash shart nomasi qonunga muvo
-
fiq amalga oshirilgani, qanday hollarda esa fuqarolik qonunlari 
buzilganini ko‘rsating.
1-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, S. (12 yosh) I.ga (16 yosh) 
5 ta multfilm yozilgan disk berdi. O‘z navbatida I. S.ga bir haf
-
tadan keyin videokliplar yozilgan 5 ta disk berishni va’da qildi, 
lekin bir oydan keyin, buning ustiga 5 ta emas, 4 ta disk berdi.
2-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra fuqaro X. 3 xonali kvarti
-
rasini 4 xonali kvartiraga almashtirdi. Almashtirilgandan so‘ng 4 
xonali kvartira yashash uchun yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
3-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra 9 yoshli I. va 7 yoshli D. 
tilla sirg‘alarini almashtirishdi.
4-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra «Turon» xususiy firma
-
si «Matiz» rusumidagi avtomobilini qo‘shma korxonaga tegish-
li «Damas» rusumidagi avtomobilga almashtirdi. Ayirboshlash 
shartnomasi yozma ravishda rasmiylastirilmadi.



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə