70
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, tarafar o‘rtasida bir
mol-mulk boshqasiga ayirboshlanadi.
Soat, marka, ya’ni ishtirokchilar egalik qiladigan barcha narsalar almash
-
tirish-ayirboshlash shartnomasiga misol bo‘ladi. Ayirboshlash shartnomasi
kuchga kirganidan keyin har bir taraf berilayotgan mulk uchun egalik huquqini
yo‘qotadi va olingan mulk uchun xuddi shunday huquqqa ega bo‘ladi.
3-topshiriq.
Qanday hollarda ayirboshlash shart nomasi qonunga muvo
-
fiq amalga oshirilgani, qanday hollarda esa fuqarolik qonunlari
buzilganini ko‘rsating.
1-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra, S. (12 yosh) I.ga (16 yosh)
5 ta multfilm yozilgan disk berdi. O‘z navbatida I. S.ga
bir haf
-
tadan keyin videokliplar yozilgan 5 ta disk berishni va’da qildi,
lekin bir oydan keyin, buning ustiga 5 ta emas, 4 ta disk berdi.
2-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra fuqaro X. 3 xonali kvarti
-
rasini 4 xonali kvartiraga almashtirdi. Almashtirilgandan so‘ng 4
xonali kvartira yashash uchun yaroqsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
3-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra 9 yoshli I. va 7 yoshli D.
tilla sirg‘alarini almashtirishdi.
4-vaziyat.
Ayirboshlash shartnomasiga ko‘ra «Turon»
xususiy firma
-
si «Matiz» rusumidagi avtomobilini qo‘shma korxonaga tegish-
li «Damas» rusumidagi avtomobilga almashtirdi.
Ayirboshlash
shartnomasi yozma ravishda rasmiylastirilmadi.