Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106
10 sinf huquq

1-topshiriq.
 
Mulk oldi-sotdisi, mulkni meros bo‘yicha berish, lotereya 
chiptasini xarid qilish, televideniye, radio va hokazolardagi 
reklama, kimoshdi savdosida qatnashish bitimlari shartnoma 
hisobla nadimi?
2-topshiriq.
 
O‘ylab ко‘rib javob bering, mamlakatda fuqarolik-huquqiy 
shartnomalarning kafolatli bajarilishi qan day shartlarga bog‘liq?
1-vaziyat.
N. tijorat do‘konidan tilla soat xarid qildi. Bir necha kundan 
keyin R. uning oldiga kelib, soat 3 oy oldin undan o‘g‘irlab ke
-
tilganini aytdi va qaytarib berishini talab qildi. Isboti sifatida soat 
pasporti va chekini ko‘rsatdi. N. R.dan tilxat olib, soatni unga qay
-
tarib berdi, lekin bir oy o‘tgach, haqiqatan ham R.dan xuddi shun
-
day soatni o‘g‘irlab ketgan o‘g‘ri ushlanganini eshitib qoldi.
Anglashilmovchilik yuz bergani aniq. N. bu vaziyatda 
qanday yo‘l tutishi kerak?
2-vaziyat
.
Xonadon boshqa shaharda ta’lim oladigan 18 va 20 yoshli bo
-
lalarning onasi, fuqaro N. mulki hisoblanadi. Xonadonni fuqaro 
M.ga sotayotganida fuqaro N. o‘z harakatlari uchun o‘g‘illarining 
roziligini olmadi.
Uning harakatlari huquqiy jihatdan to‘g‘rimi?


69
HADYA VA XAYR-EHSON SHARTNOMALARI
Shubhasiz, har birimiz Yangi yilda, tug‘ilgan kun yoki shunchaki ota-ona 
mukofot puli olgani munosabati bilan sovg‘a (hadya) olganmiz. Sovg‘a olis h 
hammaga ham yoqadi. Lekin sovg‘a olish ham fuqarolar huquqiga kiradimi? 
Albatta! Axir bunda sovg‘a (hadya)ga egalik qilish huquqi sovg‘a (hadya) 
beruv chidan uni oluvchiga o‘tadi.
Shuning uchun hadya shartnomasi predmeti har doim aniq belgilangan 
deyish mumkin. Bunda ko‘char va ko‘chmas mulk ishtirokidagi bitimlar haqi
-
dagi me’yorlar hadya shartnomasiga ham to‘liq taalluqli bo‘ladi.
Xayr-ehson shartnomasi hadya shartnomasiga yaqin turadi. Ular orasidagi 
farq quyidagilardir:

xayr-ehson fuqarolar, shifoxonalar, tarbiya muassasalari, fondlar, 
muzeylar va hokazolarga, shuningdek davlatga umumfoydali maq
-
sadlarda amalga oshiriladi;

xayr-ehsonni bekor qilish mumkin emas, uni olish uchun kimningdir 
roziligi shart emas;

merosxo‘rlik to‘g‘risidagi me’yorlar xayr-ehsonga nisbatan qo‘llanil
-
maydi.
Xayr-ehson — 
muayyan shaxslar va tashkilotlar tomoni
-
dan o‘z istagi bilan bajarilgan bepul (badalsiz) harakatdir.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə