Davlat va huquq


Bunday bitim huquqiy jihatdan to‘g‘rimi? Yo‘q bo‘lsa



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
10 sinf huquq

Bunday bitim huquqiy jihatdan to‘g‘rimi? Yo‘q bo‘lsa, 
sababini ko‘rsating.
2-vaziyat.
M. 15 yoshda. U rasm chizishga qiziqadi va chiroyli surat
-
lar chizadi. Xorijiy sayyohlar uning suratlaridan birini sotib olish 
niyatini bildirishdi va bu masala bilan unga murojaat qilishdi.
M.ning ota-onasi nima qilishi kerak? 
3-vaziyat
.
Siz do‘stingizga 5 ming so‘mni 10 kun muddatga qarzga ber
-
dingiz, biroq u pulni qaytarishni istamayapti.
Qonun bo‘yicha nima qilish zarur edi?
T
opshiriq.
 
Quyidagi masalalarni hal qiling.


63
14-§. MULK HUQUQI VA BOSHQA ASHYOVIY HUQUQLAR
MULK HUQUQINING KONSTITUTSIYAVIY ASOSLARI
Atrofimizdagi narsalar — biror shaxs egalik qiladigan yoki foydalanadi
-
gan predmetlar, buyumlar, obyektlarning hammasi mulk demakdir. O‘zbekiston 
Respublikasi Konstitutsiyasida (36-modda) har bir inson mulkka ega bo‘lish 
huquqi qayd qilingan.
Mulk huquqi
shaxsning o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ihtiyoriga ko‘ra 
egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir.
1-topshiriq.
 
Nima deb o‘ylaysiz, nimalar shaxsiy mol-mulkka misol 
bo‘lishi mumkin?
Mulkdan «
foydalanish
» 
undan foydali xossalarni olish
(samarani olish, daromad topish) demakdir.
Mol-mulkka «
egalik qilish
» esa: uni sotish, almashti-
rish yoki sovg‘a qilish huquqiga; o‘zgartirish, ya’ni xossalarini 
yaxshilash yoki yomonlashtirish huquqiga; mol-mulkni yo‘q qi
-
lish huquqiga ega bo‘lishdir.
2-topshiriq.
 
1. 
Do‘stingizdan kompyuter sichqonchasini olib turdingiz. 
Endi siz ushbu jihozning egasi hisoblanasizmi?
2. 
Siz ofis ochish uchun ma’lum muddatga ijara shartnoma
-
sini tuzdingiz, amalda esa un dan oilangiz bilan yashash 
uchun foydalanyapsiz. Bunday qilishga haqqingiz bormi?
3. Siz firma bilan paxta terish kombaynlarini ijaraga olish 
bo‘yicha shartno ma tuzdingiz. Vaqti kelib ularni sotib yu
-
borishga qaror qildingiz. Bunga haqqingiz bormi?



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə