Davlat va huquq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULK SHAKLLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106
10 sinf huquq

64
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA MULK SHAKLLARI.
MULK HUQUQINING SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va «O‘zbekiston Respubli
-
kasida mulkchilik to‘g‘risida»gi Qonunga ko‘ra mamlakatimizda mulk daxlsiz
-
dir. Har bir kishi mulkka egalik qilish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublika
-
sida iqtisodiyotning samarali amal qilishiga va xalq farovonligining o‘sishiga 
imkoniyat yaratuvchi har qanday shakldagi mulkchilik bo‘lishiga ruxsat berila
-
di. Mulkchilikning hamma shakllari daxlsiz bo‘lishiga va ularning rivojlanishi 
uchun teng sharoit yaratilishiga qonun kafolat beradi.
Mulk huquqi shaxsning o‘ziga qarashli mol-mulkka o‘z xohishi bilan va 
o‘z manfaatlarini ko‘zlab egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish, 
shuningdek o‘zining mulk huquqini, kim tomonidan bo‘lmasin, har qanday buzish-
ni bartaraf etishni talab qilish huquqidan iboratdir. Mulk huquqi muddatsizdir.
O‘zbekiston Respublikasi mulkdorga qarashli bo‘lgan mol-mulkni saqlash 
va ko‘paytirib borish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib beradi. Mulkka 
egalik huquqi daxlsizdir, uni qonun himoya qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida mulk xususiy mulk va jamoat mulki shakllarida 
bo‘ladi. Bunda xususiy mulk huquqining subyektlari fuqarolar hamda nodavlat yu
-
ridik shaxs lar bo‘lishi mumkin, jamoat mulki huquqi subyekti esa davlat hisoblanadi.
Mulk huquqining vujudga kelish asoslari
quyidagilardan iborat: 

mehnat faoliyati

mol-mulkdan foydalanish sohasidagi tadbirkorlik va boshqa xo‘jalik 
faoliyati, 

shu jumladan mol-mulkni yaratish, ko‘paytirish, bitimlar asosida 
qo‘lga kiritish


65
Bilimingizni sinang!
 
1. 
Mulk egasi qanday huquqlarga ega?
2. 
«Foydalanish» va «egalik qilish» tushunchalarining farqi ni
-
mada?
3. O‘zbekistonda qanday mulkchilik shakllari mavjud?
4. Xususiy va jamoat mulkiga egalik qilish huquqining subyekt
-
lari kim hisoblanadi?
5. Mol-mulkka egalik qilish huquqining vujudga kelishi shartla
-
rini sanab o‘ting.

davlat mol-mulkini xususiylashtirish; 

meros qilib olish; 

egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat

qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa asoslar.
Mulk huquqi mulkdorning ixtiyoriy suratda majburiyat
-
ni bajarishi, mulkdorning mol-mulk taqdirini hal qiladigan bir 
tomonlama qaror qabul qilishi, sud qarori asosida mol-mulkni 
olib qo‘yish (sotib olish) yo‘li bilan, shuningdek mulk huquqini 
bekor qiluvchi qonun hujjatlariga asosan bekor bo‘ladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə