6-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)



Yüklə 32,2 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü32,2 Kb.
#139481
Kazus 2 ismoilova fotima intensiv dhn


Kazus 2
6-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)
va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Toshkent
viloyati, Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga monitoring tashrifi
amalga oshirildi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati xabar qildi.
Mazkur tashrif doirasida Jinoyat kodeksining 164-
moddasida (Bosqinchilik) nazarda tutilgan jinoyatini sodir etganlikda gumon
qilinib, qamoqqa olingan Dilshodjon To‘raxo‘jayev va 251 prim 1-
moddasida (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof
ravishda muomalaga kiritish) nazarda tutilgan jinoyatni
sodir qilganlikda gumonlanib, qamoqqa olingan Hasanboy Abdunabiyev bilan
yakka tartibda holi suhbatlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan suhbatlar davomida har ikki shaxs ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlari
haqida tarqatilgan xabarlarni tasdiqladi.
Xususan, Dilshodjon To‘raxo‘jayevning so‘zlariga ko‘ra, unga nisbatan
Namangan viloyati Pop tumani Ichki ishlar bo‘limida va keyinchalik Toshkent
shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida ruhiy va jismoniy bosim o‘tkazilgan.
Shu bois, ombudsmanning monitoring tashrifi yakunlariga
ko‘ra, Dilshodjon To‘raxo‘jayevning qiynoqqa solingani holati yuzasidan olib
borilayotgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari har tomonlama, to‘liq va
qonuniy o‘tkazilishining ta’minlanishi yuzasidan Bosh prokuraturaga nazorat
xati kiritildi.
Savollar:
1. Bu ishda nechta yuridik fakt mavjud? Tahlil qiling.
2. “Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar” huquqiy munosabatlarni yuzaga
keltiradimi? Fikringizni asoslang.
3. Huquq nazariyasiga ko’ra “Tasdiqlash xati” qanday hujjat hisoblanadi?
4. Psixologik va jismoniy bosim o‘z tasdig‘ini topsa, qonun nuqtai nazaridan
mansabdor shaxslarni qanday javobgarlik va jazo kutmoqda?
Javoblar:

  1. Avvalo yuridik fakt nima ekanligiga tarif beradigan bo’lsak . Yuridik fakt bu huquqiy munosabatlarni vujudga keltiruvchi,o'zgartiruvchi va bekor qiluvchi holatlar. Oqibatlarini xususiyatlariga ko'ra huquqni vujudga keltiruvchi, huquqqa barham beruvchi va huquqni o'zgartiruvchi faktlar farqlanadi. Iroda belgisiga ko'ra yuridik faktlar ikki guruhga bo’linadi.

Bular :
1.Hodisa
2.Harakat
Bu haqida Shaxzod Saydullayevning (Davlat va huquq nazariyasi) darsligida ham tushunchalar , ta’riflar keltirib o’tilgan. Ya’ni, huquq subyektlarining xohish-irodasidan qat’i nazar, yuz beradigan vaziyatlar hodisa hisoblanadi. Masalan, tabiiy ofatlar (yong’inlar,Suv toshishi, yer qimirlashi va boshqalar). Ushbu tabiiy ofatlar Natijasida odamlar halok bo’lishi mumkin, ularning mol-mulkiga ziyon yetadi, binobarin, zararni qoplash, mol-mulkni meros .Qoldirish, sug‘urta puli to’lash va hokazolar bilan bog‘liq tegishli huquqiy munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu hodisalar O‘z holicha yuridik ahamiyatga molik emas va o‘z-o‘zidan hech Qanday holatlarni vujudga keltirmaydi, ammo bunga sabab Bo’lib xizmat qiladi. Harakatlar (harakatsizliklar) – kishilar Xohish-irodasiga bog‘liq bolgan, ularning o‘zi sodir qiladigan Yoki qilishdan tiyiladigan faktlardir. Harakatlar, o‘z navbatida, Qonuniy (ishga yoki oliy o‘quv yurtiga o’qishga kirish, nikohni Ro’yxatdan o’tkazish) va noqonuniy (huquqbuzarliklarning barcha turlari) boladi. Harakatsizlik – bu insonlarning tashqi Ifodaga ega boimagan passiv yurish-turishidir. Harakatsizlik Huquqqa mos va huquqqa xilof ko‘rinishda bo’ladi.Yuridik faktlar keltirib chiqaradigan oqibatiga ko‘ra Huquqni yaratuvchi, huquqni o’zgartiruvchi va huquqni bekor Qiluvchi turlarga ajratiladi.Huquqni yaratuvchi faktlar huquqiy munosabatlarni keltirib Chiqaradi. Bularga mehnat shartnomasining tuzilishi, nikoh Qurish va boshqalar misol bo‘lishi mumkin.Huquqni o‘zgartiruvchi faktlar huquqiy munosabatlarni O’zgartiradi. Masalan, boshqa ishga o’tish tomonlar o’rtasidagi Mehnat-huquqiy munosabatlari mazmunini o’zgartiradi, lekin Bunda huquqiy munosabatlar saqlanib qoladi.Huquqni bekor qiluvchi faktlar huquqiy munosabatlar To’xtatilishini taqozo etadi. Shaxs subyektiv huquqini amalga Oshirsa yoki majburiyat bajarilsa, huquqiy munosabatlar barham topadi. Lekin huquqiy munosabatlar nafaqat huquq amalga oshirilganda yoki majburiyat bajarilganda toxtashi, balki Shaxsning o‘limi yoki ashyoning nobud bo’lishi natijasida ham To‘xtashi mumkin.Bitta fakt bir nechta yuridik oqibat keltirib chiqarishi mumkin. Xususan, fuqaroning o‘limi meros bo’yicha huquqiy munosabatlarning kelib chiqishiga, mehnat-huquqiy munosabatlarining to‘xtatilishiga va turar-joy ijarasi bilan bog‘liq huquqiy Munosabatlarning ozgarishiga olib kelishi mumkin.
Keltirilgan savolga javob beradigan boʻlsak ushbu kazusda quyidagi yuridik faktlar mavjud.
- Ombudsman va jamoatchilik guruhlari vakillari tomonidan Tergov hibsxonasida monitoring tashrifi amalga oshirilgan.
- Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) bilan Dilshodjon Toraxojayev va 251 prim 1-moddasi (Kuchli tasir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan Hasanboy Abdunabiyev jinoyatini sodir etganliklari uchun gumon qilinib, qamoqqa olinishlari amalga oshirilgan.
- Dilshodjon Toraxojayevning ruhiy va jismoniy bosimi otkazilganligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarga asosan tasdiqlangan.
- Bosh prokuraturaga nazorat xati kiritilgan.
Mazkur kazusda huquqni vujudga keltiruvchi fakt mavjud.
2. Huquqiy munosabat - subyektlar o’rtasida huquq va majburiyat yuzaga
keltiruvchi aloqa, masalan shaxslar o’rtasida tuziluvchi shartnoma kabi.
Huquqiy munosabatlarning belgilari:
1.jtimoiy subyektlar o‘rtasidagina yuzaga keladigan Muayyan aloqalar;
2.Huquq normalari asosida yuzaga keladi;
3.Irodaviy xarakterga ega (chunki munosabat yuzaga kelishi uchun kamida bitta tomonning istagi talab qilinadi);
4.Davlat tomonidan qo’riqlanadi va bajarilishi ta’minlanadi;
5.Muayyan predmet yoki ashyoga yoxud muayyan xizmat (masalan, mahsulot yetkazib berish)ga nisbatan yuzaga keladi Va shu asosda subyektlar o‘zlariga tegishli bo’lgan subyektiv Huquq va yuridik majburiyatlarni amalga oshiradi.
Huquqiy munosabatlarni quyidagi mezonlar
Bo‘yicha tasniflash mumkin:
1) Huquq sohalariga ko‘ra: konstitutsiyaviy, ma’muriy, Fuqarolik-huquqiy, jinoyat-huquqiy, mehnatga oid, oilaviy va
Boshqalar;
2) Mazmuniga ko’ra: umumiy tartibga soluvchi, nisbiy, Qo‘riqlovchi;
3) Taraflarning aniqlik darajasiga ko‘ra: mutlaq, regulyativ;
4) Majburiyatlar xarakteriga ko’ra: sust tipdagi, faol tipdagi;
5) Subyektlariga ko‘ra: umumiy, muayyan (konkret);
6) Ta’sir etish maqsadiga ko‘ra: statik, dinamik;
7) Genetik va funksional aloqalarga ko’ra: moddiy va protsessual.
Huquqiy munosabatlar yuzaga kelishi uchun moddiy va yuridik asos boʻlishi lozim.
Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bu postlar, dalil sifatida foydalanilishi, jazo va javobgarlikning aniqlanishi uchun qo’llanilishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi postlar ularni tarqatuvchilar uchun majburiyatlarning
paydo qiladi. Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlarning asosliligi,
rostli haqida aniq ma'lumotga ega bòlingandagina ularni tarqatishlari mumkin.
Lekin, agar yolg'on ma'lumot tarqatilgan, ushbu ma'lumot tufayli shaxslarning
shani obrosiga yoki boshqa tomonlama huquqlariga putur yetsa bu ma'lumot
tarqatuvchisi javobgarlikka tortiladi. Ko’rinib turibdiki , ijtimoiy tarmoqdagi postlar
huquqiy munosabat keltirib chiqarishi mumkin. Quyidagi vaziyatda ham
ayblanuvchi haqida ijtimoiy tarmoqqa ma'lumotlar joylangan va ayblanuvchining
òzi ushbu ma'lumotlarni tasdiqlangan ya'ni bu ma'lumotni joylagan shaxsdan
majburiyat bajarilgan.
3.Tasdiqlash xati normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjatlar - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi.11
Ularda huquq normalari ya’ni , qonun, kodeks, farmon, qaror, yoʻriqnoma oʻrnatiladi, oʻzgartiriladi va bekor qilinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasida huquqning asosiy manbai hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan "Normativhuquqiy hujjatlar toʻgʻrisida"gi qonunining 2-moddasiga aytib o’tilganidek ,umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, oʻzgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat Normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi".
Normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy belgilari quyidagilar:
● vakolatli davlat organi tomonidan umumiy qoidalarga asosan chiqariladi,
aniq oʻrnatilgan tartiblar asosida qabul qilinadi;
● normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish jarayoni huquq ijodkorligi
mahsuli boʻlib hisoblanadi;
● normativ-huquqiy hujjatlar ushbu hujjatning nomidan kelib chiqib umumiy
harakterdagi xulq-atvor qoidalarini huquq normalari koʻrinishida
mujassamlantiradi;
● normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy hujjat boʻlib, belgilangan shakl va
rekvizitlarga ega: rasmiy nomi, raqami, ushbu hujjatni qabul qilgan
organning nomi, qabul qilingan va kuchga kirgan vaqti, rasmiy eʼlon
qilingan joyi va h.k.;
● normativ-huquqiy hujjatlar yuridik kuchga ega.
Normativ-huquqiy hujjatlarga quyidagi asosiy talablar qoʻyiladi:
● normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqayotgan organ, qoida
tariqasida, loyihani tayyorlash yuzasidan komissiya tuzadi;
Huquqiy nazariya bo’yicha tasdiqlash xati hujjat sifatida, o’z ichiga huquqiy nazariyalar bo’yicha tahlil va taqrizlar o’z ichiga olishi kerak bo’lgan rasmiy yozma maxsus hujjatdir. Bu xatda, huquqiy nazariyalarga qaratilgan masalalar, ularning amalda qo’llanishida bo’lgan muammolar, asosiy qonun hujjatlari va qonunlarning tashkiliy-huquqiy aspektlari kabi mavzular to’g’risida fikrlar taqdim etilishi kerak.
Tasdiqlash xati, odatda, huquqiy nazariya bo’yicha ilmiy tadqiqot yoki darsliklarning, qonunlarning yoki huquqiy vazirliklar, qo’shma shtatlar va boshqa huquqiy tashkilotlar tomonidan tuzilgan hujjatlarning tahlil va taqrizini o’z ichiga oladi. Bu xat, o’z ichiga avvalgi tadqiqotlar, fikrlar va natijalarga asoslanadi, yana huquqiy nazariya bo’yicha yangi yechimlar va qarorlar taklif qiladi va yoki oldingi fikrlarni tasdiq qiladi yoki rad etadi.
Huquqiy nazariya bo’yicha tasdiqlash xati, o’z ichiga huquqiy fikrlarni bajarishda eng muhim hujjatlardan biri hisoblanadi va o’z ichiga olingan hujjatlar mustaqil huquqiy tadqiqotchila tomonidan ko’rib chiqiladi.
4. O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 4 aprelda imzolangan qonunga muvofiq, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadrqimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi.
Jinoyat Kodeksining 7-moddasida ham ko’rsatilib o’tilgan. Unga ko’ra , jazo va boshqa huquqiy ta’sir choralari jismoniy azob berish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi.
Jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur hamda yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishi yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishi kerak.
Jazolashdan ko‘zlangan maqsadga ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddalarida nazarda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmaydigan taqdirdagina og‘irroq jazo choralari tayinlanishi mumkin.
235-modda. Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, ya’ni ma’muriy qamoqqa olingan shaxsga, shuningdek gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga, guvohga, jabrlanuvchiga, jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisiga yoxud ularning yaqin qarindoshlariga ulardan yoki boshqa uchinchi shaxsdan biror-bir axborot olish, jinoyat sodir etganligiga iqrorlik ko‘rsatuvi olish maqsadida, ularni sodir etilgan qilmish uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror-bir harakatni sodir etishga majburlash maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organning yoki boshqa davlat organining xodimi tomonidan yoxud uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof boshqa harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy, psixologik, jismoniy bosim o‘tkazish yoki boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, —
Muayyan huquqdan mahrum etib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakatlar:
a) hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlikni qo‘llagan holda yoxud shunday zo‘rlikni qo‘llash tahdidi bilan;
b) milliy, irqiy, diniy yoki ijtimoiy kamsitish zamiriga asoslangan har qanday sabab bo‘yicha;
v) bir guruh shaxslar tomonidan;
g) takroran;
d) keksa shaxsga yoki nochor ahvoldagi shaxsga, voyaga yetmagan shaxsga yoxud homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan;
e) ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan;
j) hayotga va sog‘liqqa zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ashyolar qo‘llanilib;
z) dalillarni soxtalashtirish (qalbakilashtirish) maqsadida sodir etilgan bo‘lsa, — muayyan huquqdan mahrum etib, besh yildan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar badanga og‘ir shikast yetkazilishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa,
Muayyan huquqdan mahrum etib, yetti yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
JKning 235-moddasi bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning, boshqa davlat organining xodimlari ham javobgarlikka tortilishi mumkin.
Bundan tashqari, ayrimlar bevosita davlat organining xodimi tomonidan qo‘rqitish, urish, do‘pposlash, qiynash, azob berish yo‘li bilan yoki qonunga xilof sodir etilgan boshqa harakatlarni qiynoqqa solish deb hisoblar edi. Endi aniq belgilanishicha: uning dalolatchiligida yoki xabardorligida yoxud indamay bergan roziligi bilan boshqa shaxslar tomonidan bunday qilmishning sodir etilishi ham JKning 235-moddasi bo‘yicha qiynoqqa solinadi.
Va yana, JKning 235-moddasi birinchi qismi bo‘yicha 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish ko‘rinishidagi jazo belgilandi. Ilgari maksimal jazo 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bo‘lgan.
Jinoyat protsessining fundamental prinsiplaridan biri — haqiqatni aniqlashni tartibga soluvchi JPKning 22-moddasiga yangi qoida kiritildi: dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o‘tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.

Foydalanilgan hujjatlar:



  1. Lex.uz

  2. Jinoyat kodeksi

  3. Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risidagi qonun

Foydalanilgan adabiyot:

  1. Sh.A.Saydullayev Davlat va huquq nazariyasi : darslik. – Toshkent: TDYU, 2022

1Lex.uz

Yüklə 32,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə