Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106
10 sinf huquq

1-topshiriq.
 
Yuqorida aytilgan ta’rifdan kelib chiqib, quyidagi shaxslar 
iste’molchilarmi yoki yo‘qligini ayting:

oyoq kiyim xarid qilgan fuqaro;

do‘konga kirgan fuqaro;

Toshkentdan Samarqandga sayohatga ketayotgan xorijiy 
fuqaro;

kvartirasini ta’mirlash uchun xususiy shaxs bilan shartnoma 
tuzayotgan fuqaro;

keyinchalik sotish uchun tovar turkumini sotib olayotgan 
fuqaro;

keyinchalik bozorda sotish uchun dehqondan katta miqdor
-
da qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xarid qilayotgan fuqaro.


75
TOVAR HAQIDA AXBOROT OLISH HUQUQI
Iste’molning eng keng tarqalgan sohalaridan biri — oldi-sotdi misolida 
O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qi lish 
to‘g‘risida»gi Qonunida belgilangan qoidalarning asosiy guruhlarini kо‘rib 
chiqamiz.
Kassa cheki — 
tovarning sotib olinganligini yoki ish (xiz
-
mat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlaydigan, tovar (ish, xiz
-
mat)ning bahosi, haq to‘langan sana va kassa apparatining raqami 
ko‘rsatilgan hujjat.
Tovar cheki — 
tovarning sotib olinganligini yoki ish (xiz
-
mat)ning haqi to‘langanligini tasdiqlovchi, tovar (ish, xizmat)ning 
bahosi, haq to‘langan sana hamda sotuvchining nomi va joylash
-
gan manzili haqidagi ma’lumot ko‘rsatilgan hujjat.
Qonunga muvofiq («Tovarlar to‘g‘risidagi ma’lumot» 6-moddasi) bu 
ma’lumotni sotuvchi berishi shart. Tovarlar haqidagi ma’lumotlarda quyidagilar 
ko‘rsatiladi:

asosiy iste’mol xususiyatlari;

ishlab chiqarilgan sanasi;

ishlab chiqaruvchining kafillik majburiyatlari;

xizmat qilish (yaroqlilik) muddati;

saqlash usuli hamda qoidalari;

ta’mirlash-tuzatish ishlarini bajaradigan va texnikaviy xizmat ko‘rsata
-
digan korxonalarning manzillari.
Sotuvchi — 
oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha iste’molchiga 
tovar realizatsiya qiladigan korxona, tashkilot, muassasa yoki 
xususiy tadbirkor.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə