Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
10 sinf huquq

3
O‘QUVCHILARGA
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli 
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va 
huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvor
-
ligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikeng-
lik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib 
hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqa-
rish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Tez va shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda inson ongi uchun kurash to
-
bora kuchayib borayotgan davrda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldi
-
ni olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning bosh qa 
shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish 
kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi. Shu ma’noda mus
-
taqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning mantiqiy davomi sifatida 
2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu
-
vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida aholining huquqiy madaniya
-
tini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoyil si
-
fatida o‘z aksini topdi. «Davlat va huquq asoslari» o‘quv fanining o‘z oldiga 
qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan 
iboratdir.
Aziz o‘quvchi! Quyi sinfarda siz davlat va huquqning kelib chiqishi
davlat shakllari, xalq hokimiyatchiligi, huquqiy normalar, huquq sohalari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, uning tuzilishi, maqsad va vazifalari 
haqida bilimlarga ega bo‘lgansiz. Bu darslikda berilgan bilimlar esa huquqiy 
bilimlaringizni oshirishga hamda mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquq soha
-
lari bilan tanishishingizga yordam beradi. Darslikdagi amaliy topshiriqlar orqali 
olgan bilimlaringizni mustahkamlaysiz.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə