Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
10 sinf huquq

2-topshiriq.
 
Savolga o‘ylab ko‘rib, javob bering: 
Huquqiy madaniyatli kishi qonunlarni umuman bilmay-
digan yoki yomon biladigan yoxud bilsa-da, ularni buzadigan 
kishidan nimasi bilan farq qiladi?
Qonunlarni biladigan kishi shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni yuridik jihat
-
dan savodli himoya qilishga, shaxsiy huquqlari va erkinliklarining buzilishiga 
qarshi tu rishga qodir bo‘ladi. Biroq qonunni bilishning o‘zi unga amal qilish 
uchun yetarli emas. Shu o‘rinda, huquqiy madaniyat nimalardan tashkil topadi, 
degan savol o‘rinli bo‘ladi.


8
Axloqiy dunyoqarash va e’tiqod huquqiy madaniyatning poydevori hisobla
-
nadi. Mazkur poydevor qanchalik pishiq va astoydil «qurilgan» bo‘lsa, huquqiy 
bilimlar sifati va ulardan oqilona foydalanish, qonunga munosabat (uni hurmat 
qilish), huquqiy normalarga rioya etishga tayyor turish, qonun va huquq ustuvor
-
ligiga erishishda faol qatnashish shunchalik kuchli o‘rin oladi.
2-topshiriq.
O‘ylab ko‘rib, javob bering:
1. 
Huquqiy madaniyatga ega kishining axloqiy-ma’naviy qa
-
rashlari qanday bo‘lishi kerak?
2. 
Uning bilim va ko‘nikmalari qanday bo‘lishi zarur?
3. «Huquqqa munosabat» deganda nima tushuniladi?
4. Sizningcha huquqiy munosabatlarda kishining xatti-hara
-
katlari qanday bo‘lishi kerak?
3-topshiriq.
 
Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqing va ularda bayon 
etilgan xatti-harakatlar qonun talablariga zid kelishi yoki 
kelmasligini aniqlang. O‘z fikringizni ayting.
1-vaziyat
.
Sud majlisi zalida fuqaro K. ga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib 
chiqilayotgandi. Sud majlisi jarayonida K. ishni olib borayotgan 
sudya M.ni tinmay haqoratlar, uning obro‘yi va sha’nini kamsitib, 
so‘kinardi. Sudyaning sud majlisi zalida tartib saqlanishi haqidagi 
qonuniy talablariga amal qilmay, K. ozodlikka chiqqach, sudyaga 
nisbatan qotillik sodir etishini aytib po‘pisa qila boshladi. Faqat 
sud majlislari zalidan konvoy yordamida chiqarib yuborilganidan 
keyingina K.ning harakatlari tugatildi. 

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə