Davlat va huquq


XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
10 sinf huquq

XALQARO MUNOSABATLARNING HUQUQIY ASOSLARI. 
XALQARO HUQUQ MANBALARI
Xalqaro huquq subyektlar o‘rtasida kelishuv orqali yaratilgan va 
davlatlararo munosabatlarni tartibga soladigan normalardan iborat. 
Xalqaro huquqda ikkita asosiy manba: xalqaro shartnoma va xalqaro 
rasm-rusum ajratiladi. Biroq xalqaro huquqning ushbu ikki asosiy manbasidan 
ta
shqari xalqaro tashkilotlar, xalqaro konferensiyalar va majlislar hujjatlari 
mavjud. Bunday hujjatlar xalqaro tashkilotlar va boshqa subyektlarning o‘zlari 
uchun majburiy hulq qoidalarini belgilab bersa, xalqaro huquqning qo‘shimcha 
manbalariga aylanadi.
Xalqaro huquqning tartibga solish predmeti suveren va bir biridan mustaqil 
subyektlarning munosabatlari hisoblanadi. Davlat ichki huquqi alohida davlat 


12
ichidagi subyektlar o‘rtasidagi, odatda, bitta davlat hududi chegarasida va ichki 
vakolati doirasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Davlatlar, millatlar va 
xalqlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar xalqaro huquq subyektlariga kiradi.
Xalqaro huquq prinsiplari
— xalqaro munosabatlar subyeklarining 
davlatlar tomonidan xalqaro munosabatlar sohasida ishlab chiqilgan xalqaro 
hayotning dolzarb masalalari bo‘yicha eng muhim va umum tan olingan hulq 
normalari hisoblanadi.
Xalqaro huquq prinsiplari mazmuni:

kuch ishlatmaslik va kuch bilan tahdid qilmaslik tamoyili;

xalqaro nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish tamoyili;

davlatlarning ichki vakolatiga kiradigan ishlarga aralashmaslik ta
-
moyili;

xalqlar teng huquqliligi va o‘z taqdirlarini o‘zlari belgilashi tamoyili;

xalqaro huquq majburiyatlarini vijdonan bajarish tamoyili;

davlat chegalarining daxlsizligi tamoyili;

davlatlarning hududiy yaxlitligi tamoyili;

inson huquqlari va asosiy erkinliklarini hurmat qilish tamoyili.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati xalqaro huquqning 
umume’tirof etilgan norma va prinsiplariga mos keladi. Jumladan:

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomiga;

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga;

Xalqaro huquq prinsiplari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga;

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik kengashining Xelsinki Yakunlovchi 
aktiga.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə