3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə1/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- ma`ruza


3- ma`ruza

HOZIRGI ZAMON XALQARO HUQUQINING SUB'eKTLARI.
O’ZBeKITSON XALQARO HUQUQ SUB'eKTI.

Xalqaro huquq sub`ekt tushunchasi


Davlat — Xalqaro huquqning asosiy sub`ekti
Davlat suvereniteti
Xalqaro huquqiy tan olish
Davlatlarning huquqiy vorisligi
Davlat uxshash tuzilmalar – Xalqaro huquq sub`ekti
Millatlar va Xalqlar – Xalqaro huquq sub`ekti
Xalqaro tashkilotlar – Xalqaro huquq sub`ekti
O`zbekiston Respublikasi – Xalqaro huquq sub`ekti
«Huquq sub`ekti» tushunchasi davlat va huquq nazariyasida ishlab chiqilgan bo’lib, davlatlarning ichki huquqi yoki Xalqaro huquqga nisbatan emas, balki umuman huquqga nisbatan qo’llaniladi.
Xalqaro huquq ma`lum Xalqaro munosabatlarni tartibga soladi, buning natijasida ular Xalqaro-huquqiy munosabatga aylanadi. Xalqaro huquq me`yorlari bilan tartibga solingan Xalqaro-huquqiy munosabatlarning katnashchilari Xalqaro huquq sub`ektlari deb ataladi.
*uquqiy munosabatlar boshqa ijgimoiy munosabatlardan shunisi bilan farqlanadiki, ularning ishtirokchilari — sub`ektlari huquq me`yorlarida belgilangan yuridik huquq. va majburiyatlarga ega bo’ladi. huquq me`yori asosida sub`ektga tegishli bo`lgan muayyan yuridik huquq uning sub`ektiv huquqi hisoblanadi. Unga Xalqaro huquqda har doim boshqa Xalqaro — huquqiy munosabat sub`ektining sub`ektiv majburiyatlari karama-qarshi turadi.
huquq me`yorlari tizimi ob`ektiv ma`nodagi huquq yoki ob`ektiv huquq deb yuritiladi. Xalqaro huquq tom ma`noda ob`ektiv huquq hisoblanadi.
Xalqaro huquq sub`ektlari — Xalqaro huquq me`yorlari bilan sub`ektiv huquq va sub`ektiv majburiyatlarga ega bo`lgan Xalqaro-huquqiy munosabatlar katnashchilaridir.
Davlatlar diplomatik vakolatxonalarining immunitetlari va imtiyozlari, yuridik makomi tugrisidagi me`yorlarni kodifikatsiya qilgan 1961 yildagi Diplomatik aloqalar turrisidagi Vena Konventsiyasi Xalqaro-huquqiy munosabatlarning potentsial ishtirokchilari, ya`ni barcha davlatlar urtasidagi tegishli munosabatlarni kuzda tutadi. Birok, A va B davlatlari urtasidagi bunday Xalqaro huquqiy aloqalarni amalga oshirish uchun ular nafaqat ushbu Konventsiya katnashchilari bulishi zarur, shuningdek, ma`lum bir yuridik fakt mavjud bulishi, ya`ni ushbu davlatlar va doimiy diplomatik vakolatxona muassasalari urtasida uzaro kelishuvga muvofiq diplomatik aloqalar urnatilishi zarur (Konventsiyaning 2-moddasi). Bungacha ular har qanday boshqa davlat kabi tegishli huquqiy munosabatlarning potentsial sub`ektlarigina bulishi mumkinligini anglash kiyin emas. Aynan shunday potentsial imkoniyat ularni tegishli yuridik fakt mavjud bo`lgan takdirda Xalqaro huquqiy munosabatlarning real sub`ektiga aylantiradi.
Xalqaro huquq sub`ektlari – Xalqaro huquq me`yorlari bilan sub`ektiv huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan, shuningdek, tegishli huquqiy munosabatlarning real katnashchilari bulishi mumkin bo`lgan taraflar, shaxslardir.
Xalqaro huquqda «burch» atamasi urniga «majburiyat» atamasi qo’llaniladi, chunki tegishli majburiyatlar faqat Xalqaro-huquqiy me`yorlar bilan tartibga solingan ijgimoiy munosabatlarning potentsial ishtirokchilarining roziligi bilangina majburiyat tusini oladi. Xususan, bu Xalqaro-huquqiy munosabat ishtirokchilarining bir-biridan yuridik mustaqilligini, yuridik majburiy bo`lgan xatti-harakat qoidalarini belgilovchi, uziga buysundiruvchi tashki xoqimiyatning yo’qligida uz ifodasini topadi.
Agar «Xalqaro huquq sub`ekti» atamasi uzok vaqt davomida faqat Xalqaro huquq nazariyasida foydalanib kelingan bulsa, sunggi vaqtlarga kelib Xalqaro-huquqdy xujjatlarda ham, xususan BMT doirasida qabul qilingan universal konventsiyalarda foydalanilmokda. Masalan, 19h6 yildagi davlatlar va Xalqaro tashkilotlar yoki Xalqaro tashkilotlar urtasidagi shartnoma huquqi tutrisidagi Vena Konventsiyasining q-moddasida «bitta yoki bir necha davlatlar urtasida, bitta yoki bir necha Xalqaro tashkilotlar va bir yoki bir necha davlat yoki Xalqaro tashqilot hisoblanmaydigan Xalqaro huquq sub`ektlari urtasida tuzilgan Xalqaro bitimlar tutrisida suz boradi». Boshqacha aytganda, davlatlar, Xalqaro tashkilotlar va Xalqaro huquq me`yorlari bilan sub`ektiv huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan qandaydir bir ijgimoiy tuzilmalar Xalqaro huquq sub`ekta hisoblanishi belgilangan.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə