3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə6/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- ma`ruza

Davlat suvereniteti
Suverenitet — ko’p ma`noli tushuncha. Uning bir necha jixatlari mavjud. Avvalambor, bu — holk suvereniteti. Sung bu — millatlarning uz takdirini uzi hol qilish huquqi. Va nixryat bu — davlat suverenitetidir.
Ko’rsatib utilgan tushunchalar kanchalik bir-biriga yakin bulmasin, ularning har biri mazkur muammoning muayyan jixatlarini ta`kidlab, birinchi darajaga chikaradi. Shu bois, suverenitetni davlatga, holkda va millatga birday taallukli bo`lgan yagona tushuncha sifatida asoslaydigan mualliflarning fikriga kushilib bulmaydi.
Xakikatan ham holk suvereniteti, milliy suverenitet va davlat suvereniteti aynan bir tushuncha emas. Ular turli ijgimoiy vokelikning xususiyatlari bo’lib, shu bilan birga bu tushunchalar ma`lum bir umumiylikka ega. Ushbu tushunchalar ichida holk suvereniteti birlamchi hisoblanadi. Milliy suverenitetga har doim millatga doir xususiyat sifatida yondashib bulmaydi, unta mil-latlarning tent huquqiyligi sifatida tushunilishi lozim. Umuman olganda Xalqaro huquqda «millat»ning uz takdirini uzi hol qilish huquqi yo’q, faqat «holk»ning bunday huquqi mavjud (BMT Ustavining 1-modda 2-bandi).
Davlat suvereniteti — davlatning emas, balki davlat xoqimiyatining ustuvorligi va mustaqilligidir. «Davlat» va uning «xoqimiyati» turli tushuncha va kategoriya hisoblanadi. Davlat suvereniteti mamlakat ichkarisida va tashqarisidagi davlatning faoliyati yordamida amalga oshiriladi. Davlat suverenitetining ushbu ikki jixati, ya`ni birinchidan, davlat xoqimiyatining mamlakat ichida ustuvorligi, ikkinchidan, boshqa davlatlarning suveren huquqdari va umume`tirof etilgan Xalqaro huquq tamoyillari va me`yorlariga rioya qilgan xolda tashki aloqalarda mustaqilligi — yaxlit va ajralmasdir.
Davlat suvereniteti kengaytirilishi ham, kamaytirilishi ham mumkin emas, chunki unga nisbatan bevosita sanok, mezonlarini umuman qo’llab bulmaydi. Davlat suvereniteti davlatning suveren huquqi bilan boglik bulishi mumkin emas, birok shu bilan birga aynan suveren huquqlarning tulikligi bilan ta`minlanadi.
Davlat suvereniteti bilan boglik tarzda «iqtisodiy suverenitet» va «siyosiy suverenitet» tupgunchalaridan ham foydalaniladi. Davlatning ikgisodiy suvereniteti deganda holkni uz milliy boyliklarini mustaqil tasarruf qilish, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maqsadlarida uz tabiiy resurslaridan foydalanish usullarini erkin belgilash anglashiladi. U uz tabiiy resurslari ustidan mutlak nazoratni amalga oshirish va iqtisodiyotning barcha soholaridagi har qanday korxonalar faoliyati ichki yurisdiktsiyasiga olishini bildiradi.
Davlatning siyosiy suvereniteti mamlakat holkining uz irodasini erkin ifodalashni aks ettiradi. «holk» tushunchasiga al-batta, millatidan kat`i nazar, ushbu mamlakatning barcha fukarolari kiradi. Tabiiyki, bunday ko’pmillatli oilada davlatga uz nomini bergan millat belgilovchi ahamiyatga ega. Umuman, aksariyat xollarda «siyosiy» va «davlat suvereniteti» tushunchalari sinonim sifatida qo’llaniladi. Shuni alohida ta`kidlab utish lozimki, ushbu tushunchalarga bo`lgan munosabat «unisi yoki bunisi» degan tamoyil bo’yicha karalishi mumkin emas. Ulardan birini ilmiy muomala tilida ishlatilishi ikkinchi tushunchani inkor qilish deb hisoblanmaydi. Bu urinda suz uzaro aloqador tushunchalar xususida ketmokda, ulardan biri ikkinchisiga karaganda birmuncha tor ma`noda, lekin uzining mustaqil mazmuniga ega.
191q yidda er kurrasida o’7 davlat mavjud edi. Xozirga kelib ularning soni ikki yuzga yakinlashadi. Boshqacha suz bilan aytganda, XX asrning ikkinchi yarmida er kurrasidagi davlatlarning soni uch baravarga oshdi. Ushbu omilning uzi bizning davrimizga kelib ijtimoiy-siyosiy rivojlanish Xalqlarning uz takdirini uzi hol qilish huquqi, davlat mustaqilligining kulga kiritilishi va jamiyat xayotining davlat-huquqiy shaklidan foydala-nishi bilan uzviy boglikdir.
Birok, suz sanoq, ko’rsatkichlarida emas, bundan tashqari davlatlarning soni keyinchalik ham sezilarli ko’payishi ehtimoldan yiroq.. Yana shunisi muximki, davlatlar tomonidan amalga oshiriladigan funktsiyalar doirasi kengaydi, jamiyat xayotining barcha soholarida, jumladan, iqtisodiy xayotida huquqning roli oshdi. Binobarin, davlat xoqimiyatining zaruriy xususiyati sifatida suverenitet rolining usish jarayoni kuzatilmokda. Bunday jarayon turli shakllarda ugadi va turli mamlakatlarda turli xil oqibatlarga olib keladi. Lekin, hamma joyda suverenitet muammosi mazkur jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tizimining markazida turadi.
Suverenitet rolining oshib borishi davlatlarning ichki huquqida ham uz ifodasini topadi. Avvalgidek, milliy huquqiy tizimni shakllantirish va rivojlantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida xizmat qiladigan, odat huquqining davri utdi
Suverenitetni davlatlarning ichki huquqidagi roli xususida yukrrida gapirilganlar suverenitetning Xalqaro huquqdagi roli va urniga ham tegishlidir.
Suverenitet yuridik jixatdan umum e`tirof etilgan Xalqaro munosabatlar va uzaro aloqalar tizimida muxim rol` uynaydi. Davlat va uning suvereniteti bilan Xalqaro huquqning rivojlanishi ham chambarchas boglikdir, chunki, birinchidan, Xalqaro hamjamiyatning asosi avvalgidan ham ko`piroq xozirgi suveren davlatlar hisoblanadi, ikkinchidan, Xalqaro tartibot avvalambor davlatlarning kelishuviga asoslanadi.
Albatta Xalqaro huquq rivojlanishida muxim rol` uynaydigan umumjaxon va mintakaviy — Xalqaro tashkilotlarni e`tiborga olmaslik mumkin emas, lekin ular ham suveren davlatlarning yoki bir gurux davlatlarning muvofiqlashtirilgan faoliyati natijasidir. XX asrning ikkinchi yarmidagi tarixiy rivojlanish davlat suverenitetini ilmiy (doktrinal) tankid qilish, «davlatlardan yukori turuvchi jaxon hamjamiyati»ga utish talablarining maqsadga muvofiq emasligini ko’rsatdi.
Davlat suverenitetini amalga oshirishda huquq yukori rol` uynaydi, shuningdek, davlatlarning ichki huquqi va Xalqaro huquq uni amalga oshirishning ikki asosiy shakli hisoblanadi.
Milliy davlatlar tomonidan Xalqaro huquq tamoyillarini tan olish va shu bilan ularni davlatlarning ichki huquqiga kiritishning turli yuridik shakllari mavjud. Xalqaro huquq. me`yorlarini davlatlarning ichki huquqiga implementatsiya qilishning uch yunalishini ajratish mumkin
birinchidan, Konstitutsiyada Xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan tamoyil va me`yorlarini tan olish
ikkinchidan, davlatlar tomonidan tuzilgan Xalqaro shartnoma va bitimlar me`yorlari
uchinchidan, mintakaviy ittifokdarning huquqlari a`zo-davlatlarning huquqiy tizimlariga nisbatan. Biroq ta`kidlab utish joizki, Xalqaro-huquqiy me`yorlarning amaliy roli turli davlatlarning ichki davlat huquqi tizimidagi ko’rsatib utilgan shakllarida har doim ham unchalik ahamiyatga ega emas.


Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə