3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti


O`zbekiston Respublikasi — Xalqaro huquq sub`ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə12/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- ma`ruza

O`zbekiston Respublikasi — Xalqaro huquq sub`ekti
«O`zbekiston — Xalqaro munosabatlar sub`ekti» degan konstitutsiyaviy formula nafaqat O`zbekiston Respublikasining xozirgi jaxonda tutgan urninigina emas, balki O`zbekiston jaxon hamjamiyatining ajralmas bir qismi, uning teng huquqli a`zosi ekanligini anglatadi. Bu quyidagilarda kurinadi
birinchidan, O`zbekiston suveren davlat sifatida faqat xozirgi Xalqaro huquqning umum e`tirof etilgan tamoyillari va me`yorlari hamda uzi ishtirok etgan Xalqaro shartnomalar qoidalari bilan boglikdir va uzining roziligisiz boshqa xech qanday majburiyat yuklanishi mumkin emas
ikkinchidan, O`zbekiston xududi ichida davlat xoqimiyati cheklanmagan va Xalqaro huquqdning boshqa biron-bir sub`ekti unta aralashishga xakli emas. Uning xududidan tashqarida esa xoqimiyat boshqa manfaatdor davlatning roziligi bilangina amalga oshirilishi mumkin
uchinchidan, O`zbekiston Xalqaro huquqning boshqa sub`ektlari bilan diplomatik aloqalar urnatish va ular bilan shartnomalar tuzish bilan bevosita davlatlararo munosabatlarda ishtirok etadi.
M ustaqillik yillarida O`zbekiston jaxonning 120 dan ziyod davlatlari bilan rasmiy diplomatik aloqalar urnatdi. Toshkentda qo’ mamlakatning elchixonalari ochildi va 19 xorijiy davlatlarning elchilari urindoshlik asosida O`zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan. Respublikada hh xorijiy vakolatxonalar, 24 ta hukumatlararo va 1q ta Xalqaro nodavlat tashkilotlar faoliyat ko’rsatmokda.
Konstitutsiya asosida O`zbekiston Respublikasini Xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub`ekti sifatida belgilovchi huquqiy asos yaratilgan. quyidagilar tashki siyosat soxasida eng ahamiyatli hisoblanadi
1996 yildagi O`zbekiston Respublikasi tashki siyosatining asosiy tamoyillari tugrisidagi qonun
1992 yildagi Diplomatik vakolatxonalarning rahbarlarini tayinlash va chakirib olish tartibi tugrisidagi qonun
1992 yildagi Diplomatik unvonlar va darajalarni berish tugrisidagi qonun
1992 yildagi Xalqaro shartnomalar tugrisidagi qonun
1996 yildagi Konsullik Ustavi.
Tashki iqtisodiy aloqalar soxasida quyidagi qonun xujjatlari qabul qilingan
1992 yilda Xorijiy sarmoyalar tugrisidagi qonun
1994 yilda Xorijiy sarmoyadorlarning faoliyatlarini kafolatlash turrisidagi №onun
2000 yilgi yangi taxrirdagi Tashki iqtisodiy faoliyat tugrisidagi qonun.

O`zbekistonning tashki aloqalarini ta`minlovchi davlat organlari tuzilgan. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlis deputatlari umumholk tomonidan mukobillik va ko’ppartiyaviylik asosida saylandi, mamlakat hukumati tuzildi. Tashki ishlar vazirligi faoliyatining yunalishlari va vazifalari tubdan uzgartirildi. Tashki iqtisodiy aloqalar vazirligi va tashki iqtisodiy faoliyat milliy Banki tuzildi. Tashki savdo firmalarining ixtisoslashgan tarmoklari tashqil qilindi, 260 dan ziyod chet el firmalari, banklari va kompaniyalarining vakolatxonalari ochildi.
Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə