3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti


Millatlar yoki Xalqlar — Xalqaro huquq sub`ekti sifatida



Yüklə 315 Kb.
səhifə11/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
3- ma`ruza

Millatlar yoki Xalqlar — Xalqaro huquq sub`ekti sifatida
Uz ozodligi uchun kurashayotgan va ma`lum xoqimiyat tuzilmalarini tuzgan, yagona markaz bilan birlashgan millat yoki Xalqlar millat yoki holk nomidan Xalqaro munosabatlarda ishtirok etishi va Xalqaro huquq sub`ekti makomiga ega bulishni talab qilishi mumkin. Amalda bunday tuzilmalar qatoriga yagona kumondonlikka ega bo`lgan hamda aksariyat xollarda bir vaqtning uzida siyosiy rahbarlikni amalga oshiruvchi qurolli otryadlar kiradi.
Millatlar yoki Xalqlar Xalqaro huquqning alohida va maxsus sub`ektlari hisoblanadi.. Imperativ harakterdagi me`yor-tamoyilga — teng huquqlilik va Xalqlarning uz takdirini uzi belgilash tamoyiliga muvofiq barcha Xalqlarning uz takdirini uzi belgilash huquqi, ya`ni tashqaridan xech qanday aralashuvsiz erkin asoslarda uzining siyosiy makomini belgilash va iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishini amalga oshirish huquqi tan olinadi. 1970 yidda qabul qilingan Xalqaro huquq tamoyillari tugrisidagi deklaratsiyaga muvofiq har bir davlat ushbu huquqni hurmat qilishi lozim. Suz Xalqlar va davlatlar urtasidagi uzaro munosabatlar (Xalqaro huquqiy munosabatlar) tugrisida bormokda.
Xalqaro huquq tamoyillari tugrisidagi deklaratsiyaga muvofiq suveren va mustaqil davlatning foyda bulishi, mustaqil davlatga erkin kushilishi yoki u bilan birlashishi yoki holk tomonidan erkin asoslarda belgilangan boshqa siyosiy makomning urnatilishi ushbu holkning uz takdirini uzi belgilashni amalga oshirishning usullari sanaladi.
Xalqaro huquqda «Xalq» tushunchasi aniqlanmagan. Bizning nazarimizda, holk — xududiy harakter kasb etuvchi tushunchadir. Xalq — mazkur xududda, ular urtasidagi irkiy, etnik, diniy yoki boshqa harakterdagi farqlardan kat`i nazar, doimiy yashovchi (balogat yoshidagi) shaxslarning yigindisidir. Bunday tarzda uz takdirini uzi belgilash bir vaqtning uzida ushbu xududning siyosiy makomini ham belgilashdir.
Yakin vaqtlarda ham uz takdirini uzi belgilash tugrisida suz borganda birinchi galda tobe xududlarning Xalqlari, ya`ni mustamlaka ostida bo`lgan Xalqlar kuzda tutilar edi. Va har bir davlatga ularning uz takdirini uzi belgilashda kumaklashish majburiyati yuklangan.
Davlatlar uzaro munosabatlarida ichki huquq qonun xujjatlarida xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, uz xududidagi barcha individlar hamda nohukumat tashkilotlarning asosiy huquq va erkinliklarini ta`minlashga uzaro rioya qilish majburiyatini (avvalambor tegishli xaikaro shartnomadar asosida) oladilar.
Jismoniy va yuridik shaxslar, nohukumat tashkilotlar yoki milliy huquqning uzga sub`ektlari Xalqaro huquq sub`ektlari emas, chunki ular ichki davlat huquqiy tartibiga buysunadilar. Xalqaro huquq sub`ekglarining uziga xos jixati x.am ularga yuridik majburiy xatgi-x.arakat koidalarini belgilab beruvchi kuch yoki xoqimiyatning mavjud emasligi bilan izoxlanadi. holkdro tashkilotlar — Xalqaro huquq sub`ekti sifatida Xalqaro tashkilotlar tarkibiga hukumatlararo tashkilotlar hamda a`zolari shaxsiy tartibda harakat qiluvchi davlatlararo mexanizmlar va organlar (Xalqaro arbitrajlar, komitetlar, ekspertlar guruxi va boshqalar) kiradi.
hukumatlararo konferentsiyani vaqtinchalikholkero muassasa deb hisoblash mumkin.
Xalqaro tashqilot uzining xapkaro huquq layokatiga ta`sis shartnomasiga muvofiq ega bo’ladi. Shartnoma Xalqaro tashqilotni ma`lum huquqda ega bula olish, ya`ni davlatlar va hukumatlararo tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish, uz nomidan qarorlar qabul qilish kobiliyati bilan ta`minlaydi.
Xalqaro huquqiy xujjatlarda Xalqaro tashqilot — bu hukumatlararo tashqilot deb ko’rsatilgan ta`rifdan boshqa «Xalqaro tashqilot» tushunchasi mavjud emas. Birok bunday ta`rif faqat hukumatlararo (Xalqaro) tashqilotni nohukumatlararo tashqilotdan farqlaydi, xolos. Xalqaro tashqilot Xalqaro tuzilma bo’lib, uning ta`sis etilishi va faoliyati Xalqaro huquq normalari bilan tartibga solinadi. Xalqaro tashqilotning ta`sis etilishi va faoliyati xozirgi davr Xalqaro huquqining asosiy tamoyillariga muvofiq kelishi lozim. Xalqaro huquqiy munosabatlarda Xalqaro tashqilot a`zo-davlatlar irodasidan farqli ularok uz irodasini ifodalab, faqat uz nomidan katnashishi mumkin. Xalqaro tashqilot a`zo-davlatlar, uzga tashkilotlar va Xalqaro huquqning boshqa sub`ektlari bilan bo’ladigan huquqiy munosabatlarda uning irodasini belgilangan qoidalarga muvofiq shakllantiruvchi va ifodalab bera oluvchi organlarga ega bulishi lozim.
A`zolari tarkibi va faoliyat doirasi bo’yicha Xalqaro tashkilotlar universal Xalqaro tashkilotlar, ya`ni barcha davlatlar katnashishi uchun ochiq bo`lgan, xududiy (regional), ya`ni qandaydir yirik region davlatlarini birlashtiruvchi va maholliy — bir necha (odatda uchtadan oz bulmagan) davlatlarni birlashtiruvchi turlarga bulinadi.
Uz tarkibi, faoliyat soxasi va Xalqaro munosabatlardagi tutgan alohida urniga kura eng universal tashqilot — Birlashgan Millatlar Tashqilotidir.
Yana Xalqaro organlar deb nomlanadigan Xalqaro tuzilmalar ham Xalqaro huquq sub`ektlari hisoblanadi. Bular Xalqaro arbitrajlar va sudlar (doimiy va ad hoc), tergov, yarashtiruvchi va boshqa komissiyalar, chunki ular davlatlar urtasidagi uzaro bitimlar asosida yaratiladi va uz faoliyatida Xalqaro-huquqiy qoidalarga rioya qiladi.


Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə