3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə2/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- ma`ruza

Xalqaro huquq sub`ekti — Xalqaro huquqning umumiy me`yorlariga yoki Xalqaro-huquqiy xujjatlarning talabiga muvofiq foyda bo’ladigan Xalqaro huquq va majburiyatlar egasidir. Shuningdek, bu xatti-harakatlari tugridan-tugri Xalqaro huquq bilan tartibga solinadigan va Xalqaro-huquqiy munosabatlarga kirishadigan yoki kirishi mumkin bo`lgan shaxsdir.
Xalqaro huquq fanida birlamchi va ikqilamchi (xosilali) Xalqaro huquq sub`ektlariga bulinadi. Bunday farqlanish — ob`ektiv vokelik, tabiiy-tarixiy jarayoni va xozirgi Xalqaro huquqning rivojlanishi natijasidir.
Birlamchi Xalqaro huquq sub`ektlari — avvalo davlatlar va ayrim xollarda Xalqlar va millatlardir. Ular ijgimoiy organizm sifatida foyda bo’lib, mukarrar ravishda uzaro aloqa urnatadi, uzi uchun uzaro Xalqaro muomala qoidasini yaratadi.
Ikqilamchi (xosilali) Xalqaro huquq sub`ektlari birlamchi sub`ektlar tomonidan yaratiladi. Ularning Xalqaro huquqiy layokatining xajmi uning tashqilotchilarining ixtiyori va maqsadiga boglik. Bu hukumatlararo tashqilot bulishi ham mumkin yoki erkin shaharlar singari davlatga uxshash tuzilma bulishi ham mumkin. Tashqilotchilar ularni uz nomidan davlatlararo munosabatlarga kirishish huquqini beradi.
Davlat — Xalqaro huquqning asosiy sub`ekti
Uzok vaqt davomida davlatlar Xalqaro-huquqiy munosabatlarning yagona sub`ekti bo’lib kelgan. Xozirgi Xalqaro huquq me`yorlari hamon, aksariyat, davlatlar urtasidagi, shuningdek, davlatlar bilan Xalqaro tashkilotlar va boshqa Xalqaro huquq sub`ektlari urtasidagi uzaro munosabatlarni tartibga soladi. Shu bois, davlatlar — Xalqaro huquqning asosiy sub`ektlaridir va Xalqaro huquqiy munosabatlarning asosiy real ishtirokchilaridir, chunki ular doimiy ravishda bir-biri bilan, Xalqaro tashkilotlar va boshqa Xalqaro huquq sub`ektlari bilan uzaro munosabatda bulishi zarur.
Xalqaro huquqda «davlat» atamasining umumiy tushunchasi berilmagan. Lekin, bu tushuncha yuridik jixatdan har qanday davlatga xos bo`lgan umumiy xususiyatdan — suverenitet tushunchasidan kelib chikadi. Xususan, Xalqaro huquqning barcha sub`ektlariga har qanday davlatning suverenitetini hurmat qilish, dav-latlarning ichki ishlariga aralashmaslik, Xalqaro muomalada davlatlarning suveren tengligidan kelib chikish majburiyatlarini belgilaydi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə