3- ma`ruza hozirgi zamon xalqaro huquqining sub'ektlari. O’ZBekitson xalqaro huquq sub'ekti



Yüklə 315 Kb.
səhifə3/12
tarix27.09.2023
ölçüsü315 Kb.
#123930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
3- ma`ruza

Davlatlar — holkaryu huquqning asosiy va birlamchi sub`ekti, shuningdek, Xalqaro munosabatlar faol ishtirokchisidir. Xalqaro-huquqiy ma`noda davlat uch element
birinchidan, muayyan xudud
ikkinchidan, unda yashaydigan aholi
uchinchidan, siyosiy tashqilot (xoqimiyat) birligini namoyon qiladi.
Xalqaro maydonda davlat siyosiy xoqimiyat tashqiloti sifatida, ayniksa, uning oliy organi nomidan Xalqaro huquq sub`ekti bo’lib, davlatning rasmiy vaqili sifatida chikadi. Davlatning Xalqaro huquq sub`ekti sifatida harakterlovchi asosiy belgisi davlat suvereniteti hisoblanadi.
Xalqaro huquq sub`ekti sifatida davlatning birlamchiligi shundaki, ular xech kim tomonidan tashqil qilinmaydi, ular ob`ektiv tarixiy reallik sifatida mavjuddir. Boshqa tomondan, davlatlar uzlari Xalqaro huquqning ikqilamchi (xosilali) sub`ekti — Xalqaro tashkilotlarni tashqil qilishi mumkin.
Birlamchi sub`ekt sifatida davlatlar universal Xalqaro huquq layokatiga ega. Birlamchilik davlatning Xalqaro huquqni asosiy sub`ekta sifatidagi rolini belgilaydi. Aynan davlatlar Xalqaro huquq me`yorlarini ishlab chikadi, ularni buzganlik uchun javobgarlikni, Xalqaro huquqiy tartibotni va Xalqaro tashkilotlarning funktsiyalarini belgilaydi. Davlatlarning ushbu imkoniyatlari uzlari tomonidan yaratilgan Xalqaro huquq tamoyillari va me`yorlaridan boshqa xech nima bilan chegaralanmagan. Mazkur tamoyillar va me`yorlarga muvofiq, davlatlar Xalqaro huquq sub`ekti sifatida Xalqaro xujjatlarda, xususan BMT Ustavida mustahkamlab kuyilgan asosiy huquq va majburiyatlarga ega bo’ladi. Birok, xanuzgacha bunday huquq, va majburiyatlar ruyxati ishlab chiqilmagan.
Xozirgi zamon Xalqaro huquq doktrinasi davlatlarning quyidagi asosiy huquqlarini ajratadi
- musgaqillik va uzining qonuniy huquqlarini erkin amalga oshirish
- uz xududi ustidan va uning doirasida Xalqaro huquq, tomonidan tan olingan immunitetlarga rioya qilgan holda barcha shaxslar va bopщa narsalarga nisbatan uz yurisdiktsiyasini amalga oshirish
- boshqa davlatlar bilan teng huquqlilik
- qurolli boskinchilikka nisbatan yakka va jamoa tartibida uzini mudofaa qilish.
Asosiy majburiyatlar
boshqa davlatlarning ichki va tashki ishlariga aralashmaslik
inson huquqlarini hurmat qilish
uz xududida shunday sharoit belgilash lozimki, unda Xalqaro tinchlikka havf tuvdirmasligi lozim
boshqa davlatlar bilan nizolarni tinchlik yo’li bilan hol qilish
kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan boshqa davlatlarning xududiy yaxlitligiga va siyosiy mustaqilligiga yoki Xalqaro huquqka zid bo`lgan boshqa tarzda tajovuz qilmaslik
uz majburiyatlarini buzayotgan davlat yoki BMT tomonidan ogohlantiruvchi yoki majburlovchi chora qo’llanilayotgan davlatga yordam ko’rsatmaslik
uz Xalqaro majburiyatlarini vijdonan bajarish singari holatlarni kiritish mumkin.
Xalqaro huquq uchun davlatlarni oddiy (unitar)ga va murakkabga bulish ma`lum ahamiyatga ega.
Davlatning xududiy-tashqiliy tuzilmasi turli xil bulishi mumkin. Davlat tuzilishining oddiy (unitar) va murakkab (federativ va konfederativ) shakllari farqlanadi.
Unitar davlatlar joylardagi xoqimiyat organlari tulik buysundirilgan yukori davlat xoqimiyati organlarining yaxlit tizimini biddiradi. Unitar davlat xududi siyosiy mustaqillikka ega bulmagan ma`muriy-xududiy birliklarga bulinadi. Bu xolda faqat davlat yaxlit tuzilma sifatida Xalqaro huquq sub`ekti bo’ladi.

Yüklə 315 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə