Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106
10 sinf huquq

XALQARO MUNOSABATLAR
Xalqaro munosabatlar
— tinchlik va hamkorlik o‘rnatish maqsadida 
xalqaro maydonda faoliyat yuritadigan davlatlar va xalqaro tashkilotlar, davlat 
va jamoatchilik tashkilotlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, huquqiy, 
dip lomatik, harbiy va boshqa aloqalarning o‘zaro munosabatli majmuyidir.


13
«O‘zbekiston — xalqaro munosabatlarning teng huquqli subyektidir» 
konstitutsiyaviy prinsipi O‘zbekiston Respublikasining zamonaviy olamdagi 
o‘rnini ko‘rsatibgina qolmay, davlatimiz jahon hamjamiyatining ajralmas qismi 
ekanini amalda tasdiqlaydi.
XALQARO OMMAVIY VA SHAXSIY HUQUQ
Zamonaviy xalqaro huquq ommaviy va shaxsiy qismlarga bo‘linadi. 
Xalqaro ommaviy huquq
davlatlar va ommaviy hukumatni taqdim etadigan 
siyosiy tashkilotlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi munosabatlarni 
tartibga soladi.
Shaxsiy huquq
xorijiy, jismoniy va yuridik shaxslar qatnashgan fuqaro
-
lik-huquqiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, turli davlatlarga tegishli 
firmalar o‘rtasidagi munosabatlar, turli mamlakatlar fuqarolarining nikoh tuzi
-
shi va hokazolar.
Xalqaro huquqiy me’yorlar bilan tartibga solinadigan huquqiy muno
-
sabatlarda qatnashish uchun yuridik maqomga ega shaxslar xalqaro huquqning 
subyektlari hisoblanadi.
BMT Bosh Assambleyasi Rezolyutsiyasining 1-moddasida aytilishicha, 
bir davlat tomonidan boshqa davlatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki 
siyosiy mustaqilligiga qarshi harbiy kuch qo‘llashi yoki Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Ustaviga zid keladigan boshqa tazyiq o‘tkazishi 
agressiya
deb 
nomlanadi.
1-topshiriq.
 
Xalqaro huquq subyektlariga va ba’zi mamlakatlarning 
agressiyasiga misollar keltiring.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə