Davlat va huquq


HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
10 sinf huquq

HUQUQIY MADANIYAT HAMDA UNING SHAXS 
 
VA DAVLAT BILAN UZVIY BOG‘LIQLIGI
Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini yanada oshirish, 
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sha
-
roit yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning bar
-
cha sohalarini liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshi
-
rish maqsadida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustu
-
vor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi e’lon qilindi.
Strategiyaning ikkinchi yo‘nalishi «Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-
huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlari» deb nomlanadi. 
Mazkur yo‘nalishda quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufu
-
zini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatla
-
rini ta’minlash;

ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashti-
rish;

jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish 
tizimini takomillashtirish;


7

sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;

yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
Qonun ustuvorligini ta’minlash uchun avvalo aholining huquqiy mada
-
niyati va ongini yuksaltirish zarur.
Huquqiy ong — 
jamoatchilik ongining bir sohasi bo‘lib, 
unda bilimlar, mulohazalar, baholar, odamlarning huquqqa mu
-
nosabati shakllanadi. Huquqiy ong qanchalik yuqori bo‘lsa, 
huquqiy madaniyat darajasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.
Ma’naviyatli inson huquqqa oid bilimlarni shunchaki egallab qolmaydi. U 
mazkur bilimlarni mushohada qilib, huquqni to‘g‘ri tushunish va unga to‘g‘ri 
munosabatda bo‘lishni yo‘lga qo‘yadi. Agar kishi huquqning ahamiyatini 
to‘g‘ri baholasa va uning talablarini hurmat qilsa, u qonunni buzmaslikka hara
-
kat qiladi.
Agar kishi huquqqa hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lsa, u albatta qo
-
nunga zid harakat qiladi. Zero, huquq talablarini ozgina pisand qilmaslik ham 
huquq me’yorlarini buzishga olib keladi. Aynan shuning uchun huquqnu bilish 
katta ahamiyat kasb etadi.
Qonunlarni bilish o‘z-o‘zidan huquqiy madaniyatning yuqori saviyasidan 
darak bermaydi. Qonunlarni yaxshi bilish, lekin, shunga qaramay, ular talabla
-
rini bajarmaslik mumkin. Huquqiy madaniyatning mavjudligi faqat qonunlarni 
bilishnigina emas, balki ularga bo‘ysunishni ham nazarda tutadi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə