Davlat va huquq


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISH



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106
10 sinf huquq

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINI OLISH
«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda fuqarolikni 
olishning bir nechta asosi keltirilgan:

tug‘ilganligi bo‘yicha;

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olishi natijasida;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan 
asoslarga ko‘ra;

«O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi Qonunda nazarda 
tutilgan boshqa hollarda.
Bolaning tug‘ilishi tug‘ilgan davlati fuqaroligini o‘z-o‘zidan olish uchun 
tabiiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bola O‘zbekiston hududida yoki undan tashqa
-
rida tug‘ilganiga qaramay, agar uning ota-onasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lish
-
sa, u o‘z-o‘zidan uning fuqaroligini oladi. Agar ota-onasidan biri O‘zbekiston 
fuqarosi bo‘lmasa ham, bola O‘zbekiston fuqaroligini olishga haqli. Ota-ona
-
si apat rid bo‘lib, ular doimo O‘zbekiston hududida yashashsa ham, bola 
O‘zbekiston fuqaroligini oladi. Hatto ota-onasi noma’lum bo‘lgan taqdirda ham 
bola o‘z-o‘zidan fuqarolikka ega bo‘ladi.


24
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FUQAROLIGINING TO‘XTATILISHI
O‘zbekiston fuqaroligining to‘xtatilishiga quyidagilar asos bo‘ladi:

davlat fuqaroligidan chiqish;

fuqarolikning yo‘qotilishi oqibatida;

O‘zbekiston xalqaro shartnomalarida nazarda tutgan boshqa asoslarga 
ko‘ra.
FUQAROLIKDAN CHIQISHNI TAQIQLASH
Iltimosnoma bilan murojaat qilgan shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan 
yoki unga nisbatan ijro etiladigan sud hukmi kuchga kirgan hollarda fuqarolik
-
dan chiqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqarolikdan chiqishi O‘zbekiston davlat xavfsizligi manfaatlariga zid 
bo‘lgan taqdirda ham bunday iltimosnoma rad etiladi.
FUQAROLIKNI YO‘QOTISH UCHUN ALOHIDA ASOSLAR
Qonunda shuningdek fuqarolikdan chiqishning alohida asoslari keltirilgan. 
Bunday asoslarga quyidagilar kiradi:

shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, po
-
litsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining 
boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;

agar chet elda doimiy yashovchi shaxs uch yil ichida uzrli sabablarsiz 
konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz 
ma’lumotlar yoki soxta hujjatlar taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik 
va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat 
manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan, shuningdek, terrorchilik tashki
-
lotlarida ishtirok etgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə