Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
10 sinf huquq

1-topshiriq
.
 
Olingan bilimlardan foydalanib, quyidagi belgilarni qo‘lla
-
gan holda kichik hikoya tuzing.


36
8-§. INSONPARVARLIK PRINSIPI 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYAVIY 
 
TUZUMINING ASOSI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASIDA INSON 
HUQUQ VA ERKINLIKLARINING BELGILANISHI
Konstitutsiya fuqarolarning, ular qayerda bo‘lishlaridan qat’i nazar, qonun 
tomonidan kafolatlangan davlat himoyasida ekanliklarini tasdiqlaydi. Bundan 
tashqari, asosiy qonunda jamiyatning hayot faoliyati sohalaridan kelib chiqib, 
huquq va erkinliklar taqsimlab berilgan. 
Shaxs va davlat munosabatlari nafaqat har bir milliy huquq tizimi, balki 
xalqaro huquqning ham eng muhim obyekti hisoblanib, ushbu munosabatlarni 
insoniylik mezonlari asosida tashkil qilish har bir jamiyat va davlat zimmasiga 
ulkan mas’uliyat yuklaydi.


37
Insonparvarlik prinsipi shuni bildiradiki, respublikamizdagi 
barcha fuqarolar umumiy asosda teng huquqlardan foydalanadi
-
lar va teng majburiyatlarga ega bo‘ladilar. 
Konstitutsiyamiz insonning erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqlarini 
qat’iy belgilabgina qolmay, uning sha’ni va obro‘yini ham muhofaza etadi. 
Fuqarolar huquq va erkinliklarining ta’minlanishi mamlakat gullab-yashnashi
-
ga zamin yaratadi va demokratik davlat qurilishining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. 
Konstitutsiya inson huquqlari va erkinliklari butun tizimining poydevoridir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 1-av
-
gustdagi Farmoniga muvofiq 2008-yil 1-yanvardan bosh lab 
mamlakatimizda jinoiy jazolashning o‘limga mahkum etish turi 
bekor qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqaro hamjamiyat e’tirof etgan 
insonparvarlik prinsiplariga ko‘ra, xalqimiz farovonligini ta’minlash uchun xiz
-
mat qilmoq da, inson haq-huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini ta’minla
-
moqda. Bu esa xalqaro huquqning umume’tirof etilgan, umumjahon miqyosida 
tan olingan barcha muhim qoidalari va prinsiplariga to‘la mos keladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə