Davlat va huquq


FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106
10 sinf huquq

FUQAROLARNING SIYOSIY HUQUQLARI
Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari tizimida siyosiy huquqlar alohida 
o‘rin egallaydi, chunki bu huquqlar fuqarolarning davlatni va jamiyat ishlarini 
boshqarishidagi ishtiroki bilan bog‘liqdir. 
Siyosiy huquq va erkinliklar deyilganda insonlarning bevosita siyosiy man
-
faatlariga tegishli huquqlar tushuniladi. Siyosiy huquqlar shaxsning siyosiy ja
-
rayon va davlat hokimiyatini amalga oshirishda ishtirok etish imkoniyatlarini ifo
-
dalaydi. Siyosiy huquq va erkinliklar insonning davlat fuqaroligiga ega bo‘lishi 
bilan bog‘liqdir. Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati 
organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl
-
lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi.
Fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etish 
huquqi demokratik huquqiy davlatning muhim prinsiplaridan biridir. Konsti
-


39
tutsiyada xalqning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirokini amalga 
oshirish shakllari ifodalangan. O‘zbekiston fuqarolari oliy va mahalliy vakillik 
organlariga saylaydigan o‘z vakillari orqali davlat hokimiyatini boshqarishda 
ishtirok etadilar. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarga siyosiy partiyalar 
va jamoat birlashmalariga birlashish huquqini Konstitutsiya va qonunlarga zid 
kelmagan holatlarda amalga oshirishlari mumkinligi belgilab qo‘yilgan. Vako
-
latli organlarga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish — bu fuqaro
-
larning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda ishtirok etishining amaliy 
shakllaridan biri bo‘lib, bu huquq — fuqarolarning siyosiy faolligini namoyon 
qilishlarini, shuningdek o‘zlarining huquqlarini himoya qilishning muhim vosi
-
talaridan biridir.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə