Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106
10 sinf huquq

50
1-topshiriq.
Sizningcha, nima uchun quyidagi qoidalarni buzganlik uchun 
ma’ muriy javobgarlik belgilanadi:

metropolitendan foydalanish qoidalarini;

jamoat transportidan foydalanish qoidalarini;

transport vositasi haydovchisi tomonidan temiryo‘lni ke-
sib o‘tish qoidalarini;

shaharlar va boshqa aholi punktlarida it, mushuk boqish
-
ning qoi dalarini; 

o‘rmonlarda уоng‘in xavfsizligi qoidalarini;

tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va 
ulardan foy dalanish qoidalarini;

ota-onalarning bolalarga ta’lim-tarbiya berish borasidagi 
burchlarini;

yozishma sir tutilishi to‘g‘risidagi qoidalarni;

fuqarolar turar joyi daxlsizligi qoidalarini? 
Ma’muriy jazoning maqsadi:

ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni qonunlarga rioya etish va 
ularni hurmat qilish ruhida tarbiyalash;

ana shu huquqbuzarning o‘zi tomonidan ham, boshqa shaxslar tomoni
-
dan ham yangi huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish.
JARIMA SOLISH, NARSANI OLIB QO‘YISH (MUSODARA 
 
QILISH), MAXSUS IMTIYOZLAR (HUQUQLAR)DAN 
 
MAHRUM ETISH TARTIBI
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi
-
ning 332-moddasiga muvofiq, jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish 
to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay, 
bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — 


51
shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida xabar berilgan kundan 
boshlab o‘n besh kundan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va videoni qayd etish texnika vositalari 
orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima
-
ni huquqbuzar jarima solish to‘g‘risidagi qaror chiqarilgan kundan boshlab olt-
mish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest 
bildirilgan taqdirda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi to‘g‘risida 
xabar berilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kundan kechiktirmay to‘lashi lozim.
O‘n olti yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarning mustaqil ish 
haqi bo‘lmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular o‘rnini bosuvchi 
shaxslardan undirib olinadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar 
tomonidan tegishli bank muassasasiga to‘lanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan 
joyning o‘zida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etish quroli yoki bevosita shunday ashyo 
bo‘lgan narsani musodara qilish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlarining davlat ijro
-
chilari tomonidan amalga oshiriladi.
Transport vositalarining haydovchilari va ov qilish qoidalarini buzgan 
shaxslar maxsus huquqdan mahrum etish to‘g‘risida qaror chiqarilgan kundan 
bosh lab shunday huquqdan mahrum etilgan deb hisoblanadilar.



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə