Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106
10 sinf huquq

45
1-vaziyat.
Ulug‘bek: — Men yaqinda 18 yoshga to‘laman, meni harbiy 
xizmatga chaqirishlari mumkin. Men tibbiyot institutiga o‘qishga 
kirmoqchiman. Oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun harbiy 
xizmatga chaqirish muddati uzaytirib beriladimi?
Qaysi idorada Ulug‘bekka muddatli harbiy xizmatga 
chaqirish tartibini to‘g‘ri tushuntirib berishadi?
2-vaziyat.
Sevara, 18 yosh: — Mening Germaniyada dugonam bor. Men 
uni O‘zbekistonga mehmonga taklif qilmoqchi edim, biroq taklifni 
qan day rasmiylashtirishni bilmayman. Menga qayerda yordam 
berishlari mumkin?
U maslahat olish uchun davlat boshqaruvining qaysi 
idorasiga murojaat qilishi kerak?
1-topshiriq.
O‘zingiz yashayotgan mahalla qo‘mitalari faoliyati bi
-
lan tanishib, ular ishi haqida xabar tayyorlang. Ular nima bilan 
shug‘ullanadi? Jamiyat hayotida ular qanday o‘rin tutadi?
2-topshiriq.
Quyidagi vaziyatlarni yeching.
Bilimingizni sinang!
 
1. 
Ma’muriy huquqning asosiy vazifasini ayting.
2. 
Ma’muriy huquq subyektlarini sanab bering.
3. Ma’muriy huquq jamiyat munosabatlarini tartibga solish da 
qaysi tamoyillarga amal qiladi?
4. Jamoat birlashmalari ijtimoiy muammolarni hal qilish da qan
-
day o‘rin tutadi?


46
10-§. MA’MURIY HUQUQBUZARLIK 
 
VA MA’MURIY JAVOBGARLIK
MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI 
 
QONUN HUJJATLARI
Huquqshunoslik fanida jazoning muqarrarligi aytilgan. Bu narsa har qan
-
day huquqbuzarlik huquqiy javobgarlik bilan bog‘langanini anglatadi. Shuning 
uchun huquqning har bir sohasi, jumladan ma’muriy huquq ham belgilangan 
qoidalarni buzganlik uchun qonuniy javobgarlik choralarini nazarda tutadi.
Huquqiy javobgarlikning maqsadi nafaqat huquqbuzarlikni ogohlantirish 
va uning oldini olishdan, balki insonni tarbiyalash, unga noqonuniy xatti-hara
-
katining xavfini anglashiga ko‘mak berishdan ham iboratdir.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeks qoidalari mazkur Kodeksga ki
-
ritilmagan qonun hujjatlarida sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan 
ma’muriy huquqbuzarliklarga ham taalluqlidir.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə