Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
10 sinf huquq

Muomala layoqati
— shaxsning o‘z harakatlari bilan fuqarolik huquqlariga 
ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun fuqarolik burchlarini vujudga 
keltirish va ularni bajarish layoqati. Bu ruhiy va yosh cheklanishlari bilan bog‘liq.
Muomala layoqati quyidagicha bo‘ladi: 

to‘la hajmdagi (18 yoshdan boshlab);

voyaga yetmaganlar (14 yoshdan 18 yoshgacha);

kichik yoshdagi voyaga yetmaganlar (7 yoshdan 14 yoshgacha).
Fuqarolik kodeksiga voyaga yetmaganlar emansipatsiyasi tushunchasi ki
-
ritildi. Lotin tilidan tarjima qilinganda «emansipatsiya» so‘zi «tobelikdan ozod
-
likka chiqish, huquqlarda tenglashish» ma’nosini anglatadi. Voyaga yetmagan
-
lar quyidagi hollarda to‘liq yuridik salohiyatga ega deb tan olinadi:

16 yoshga yetganidan so‘ng;

yovaga yetmagan shaxs tomonidan mehnat shartnomasi tuzish yoki tadbir
-
korlik faoliyati yuritishga ham otasi, ham onasining roziligi olinganida.
14 yoshga yetmagan (voyaga yetmagan — kichik yoshdagi bolalar) mayda 
maishiy bitimlarni bajarishga (masalan, do‘kondan non xarid qilish, shuning
-
dek ota-onasi yoki uchinchi shaxslardan olgan pul mablag‘idan foydalanish
-
ga) haqli. Bundan tashqari, kichik yoshdagi bolalar evazsiz (badalsiz) manfaat 
ko‘rishga qaratilgan ba’zi bitimlarni (tug‘ilgan kunda sovg‘a qilish) amalga 
oshirishlari mumkin. Kichik yoshdagi bolalar bajargan bitimlar uchun ularning 
ota-onasi javobgar bo‘ladi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmaganlar bitimlarni o‘z 
ota-onalarining yozma roziligi bilan tuzishga haqlidirlar. Ular mustaqil ravish da 
o‘z ish haqi, stipendiyasi, bankdagi omonatini tasarruf etish, muallifik huquqi
-
dan foydalanishlari mumkin.
Fuqaroning muomalaga layoqatliligi nafaqat uning yoshiga (olti yoshga
-
cha bolalar muomalaga layoqatsizdir), balki ruhiy sog‘ligining holatiga ham 
bog‘liq dir. Fuqaro o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki 
ularni boshqara olmaydigan ruhiy kasallik (aqli zaifik) fuqaroni muomalaga 
layoqatsiz deb topishga asos bo‘lib, fuqaro, shuningdek, o‘z harakatlarining 


58
ahamiyatini tushunsa-da, ammo ularni boshqara olmagan taqdirda ham muoma
-
laga layoqatsiz deb topilishi mumkin. 
Fuqaro faqat sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilishi mumkin
bu esa uning huquqlarini kafolatlaydi va muhofazalaydi. Fuqaro muomalaga 
layoqatsiz deb topilganidan so‘ng bunday fuqaroga vasiylik belgilanadi. Va
-
siy muomalaga layoqatsiz fuqaroning qonuniy vakili bo‘lib, uning huquqlarini 
himoya qiladi hamda uning nomidan bitimlar va yuridik ahamiyatga ega bosh-
qa harakatlarni amalga oshiradi. Basharti fuqaro muomalaga layoqatsiz deb to
-
pilishiga sabab bo‘lgan asoslar bekor bo‘lsa, sud sog‘aygan fuqaroni muomala
-
ga layoqatli deb topish hamda uning ustidan belgilangan vasiylikni bekor qilish 
haqida hal qiluv qarori chiqaradi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə