Davlat va huquq


FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106
10 sinf huquq

55
FUQAROLIK-HUQUQIY MUNOSABATLAR ISHTIROKCHILARI
Fuqarolar, yuridik shaxslar, shuningdek davlat fuqarolik huquqi subyektla
-
ri hisoblanadi.
Huquqiy munosabatlar subyektlarining yakka tartibdagi va jamoa turlari 
mavjud.
Yakka tartibdagi subyektlar (jismoniy shaxslar)ga:

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;

fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

ajnabiy fuqarolar kiradi.
Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deyilganida O‘zbekiston Respublikasi fuqarola
-
ri, boshqa davlatlar fuqrolari, shuningdek fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tushunila
-
di. Bunda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va ajnabiy fuqarolar O‘zbekiston Respub-
likasi fuqarolari singari fuqarolar huquq munosabatlariga kirishishi mumkin.
Qonunda belgilanadi:
Fuqarolar:

mulk huquqi asosida mol-mulkka ega bo‘lishlari; 

mol-mulkni meros qilib olishlari va vasiyat qilib qoldi
-
rishlari; 

bankda jamg‘armalarga ega bo‘lishlari; 

tadbirkorlik, dehqon (fermer) xo‘jaligi bilan hamda 
qonunda taqiqlab qo‘yilmagan boshqa faoliyat bilan 
shug‘ullanishlari; 

yollanma mehnatdan foydalanishlari

yuridik shaxslar tashkil etishlari; 

bitimlar tuzishlari va majburiyatlarda ishtirok etishlari

yetkazilgan zararning to‘lanishini talab qilishlari; 

mashg‘ulot turini va yashash joyini tanlashlari

fan, adabiyot va san’at asarlarining, ixtironing, qonun 
bilan qo‘riqlanadigan boshqa intellektual faoliyat nati
-
jalarining muallifi huquqiga ega bo‘lishlari mumkin.
Fuqarolar boshqa mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga 
ham ega bo‘lishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 18-modda.


56

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə