Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
10 sinf huquq

FUQAROLIK HUQUQI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI 
 
FUQAROLIK HUQUQINING ASOSI
O‘zbekistonda fuqarolar huquq munosabatlarini davlatning Asosiy qonuni 
— Konstitutsiya, shuningdek 1997-yil 1-martdan amalga kiritilgan O‘zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi tartibga soladi.
Biz har kuni turli xil mulkiy tusdagi huquq munosabatlariga kirishamiz: 
do‘konlarda xarid qilamiz, sovg‘alar olamiz, jamoat transportida yuramiz va 
hokazo. Ijtimoiy munosabatlarning mazkur barcha toifalarini tovar-pul shakli 
birlashtiradi: biz tovar yoki xizmat uchun qanchadir pul to‘laymiz. Bunday ijti-
moiy munosabatlar fuqarolik huquqi bilan tartibga solinadi.


54
Fuqarolik huquqi
deyilganda huquqning me’yorlari mul-
kiy ham da u bilan bog‘liq shaxsiy nomulkiy munosabatlarni 
(sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni) tartibga soladigan 
sohasi tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi manbalariga 
quyidagilar kiradi:

Konstitutsiya;

Fuqarolik kodeksi;

amaldagi qonunlar;

qonun kuchiga ega hujjatlar (Prezident Farmonlari, Oliy Majlis qaror
-
lari, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari, mahalliy hokimiyat hujjatlari);

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;

ish muomalasi rasm-rusumlari (qonunlarda nazarda tutilmagan harakatlar);

mahalliy odat va an’analar.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI
Fuqarolik qonun hujjatlari fuqarolik muomalasi ishtirokchilarining 
huquqiy holatini, mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning, intellektual 
faoliyat natijalariga bo‘lgan huquqlarning vujudga kelish asoslarini hamda ular
-
ni amalga oshirish tartibini belgilaydi, shartnoma majburiyatlari va o‘zga maj
-
buriyatlarni, shuningdek boshqa mulkiy hamda u bilan bog‘liq shaxsiy nomul-
kiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquq tarixidan
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi O‘zbekis
-
ton Respublikasining 1995-yil 21-dekabr dagi va 1996-yil 
29-avgustdagi Qonuni bilan tasdiqlangan. O‘zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi Qarori bilan 
amalga joriy etilgan. 6 bo‘lim, 71 bob va 1199 moddadan ibo
-
rat. Hozirgi paytga qadar ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilgan.



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə