Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106
10 sinf huquq

Qonunda belgilanadi:
O‘z mulkida, xo‘jalik yuritishida yoki operativ boshqaru
-
vida alohida mol-mulkka ega bo‘lgan hamda o‘z majburiyatlari 
yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o‘z nomidan 
mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘la oladigan 
va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladi
-
gan, sudda da’vogar va javobgar bo‘la oladigan tashkilot 
yuri
-
dik shaxs
hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo‘lish-
lari kerak.
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi
39-modda.
Jamoa subyektlariga yuridik shaxslar kiradi. O‘zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksida yuridik shaxslarning ikki turi qayd etilgan:

foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan tijoratchi 
tashkilotlar (to‘liq va kommandit shirkatlar, cheklangan va qo‘shimcha 
mas’uliyatli jamiyatlar, aksiyadorlik jamiyatlari, unitar korxonalar va 
boshqalar);

foyda olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan notijo
-
rat tashkilotlar (matlubot kooperativlari, jamoat birlashmalari, fond lar, 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish idoralari va boshqalar).
Fuqarolik huquqi subyekti sifatida davlat huquqiy munosabatlarning bosh-
qa ishtirokchilari bilan bir хil asoslarda ish ko‘radi. Bunda, umumiy qoidaga 
mu vofiq, davlat va u tashkil etgan yuridik shaxslar bir-birlarining majburiyatla
-
ri bo‘yicha javobgar bo‘lmaydi.


57
HUQUQIY LAYOQAT VA MUOMALA LAYOQATI
Huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lish uchun shaxslar huquqiy layoqat 
yo ki muomala layoqatiga ega bo‘lishlari kerak.
Huquqiy layoqat
— fuqarolarning huquq va burchlarga ega bo‘lish 
layoqati. Fuqaroning huquqiy layoqati u tug‘ilgan paytdan e’tiboran vujudga 
keladi va bu tun hayoti davomida saqlanadi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə