Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106
10 sinf huquq

353-modda.


67
Fuqarolik-huquqiy shartnomaning asosiy belgilari: 

shartnoma ixtiyoriy asosda tuziladi;

shartnoma tarafari ikki yoki undan ortiq shaxs bo‘lishi mumkin;

shartnomalarda tarafarning bir-biriga nisbatan huquqlari va burchlari 
vu judga kelishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi qayd etiladi;

tarafar taklif etgan barcha shartlar bo‘yicha kelishilganidan keyin 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Tarafar shartnoma tuzilishi uchun barcha asosiy shartlarni o‘z ichiga olgan 
taklifarni kiritadi. Odatda 
oferta
(lotincha 
offertus
— taklif qilingan) muayyan 
shaxsga qaratilgan bo‘ladi. Noaniq shaxslar doirasiga yo‘naltirilgan oferta om
-
maviy deb ataladi, masalan, gazetada avtomobil, xonadon, mebel va hokazolar
-
ni sotish to‘g‘risida chop qilingan e’lon.
Fuqarolik huquqida kontragentning shartnomani tuzish to‘g‘risidagi taklif 
bilan roziligi xat yoki telegramma, faks, SMS va boshqa shakllarda ifodalanadi. 
Keyinchalik tarafar shartnoma shartlarini batafsil kelishib oladi.
SHARTNOMANI TUZISHNING ASOSIY QOIDALARI
Agar tarafar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan 
shunday hollarda talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, 
shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnoma tarafardan birining 
oferta
(shart
-
noma tuzish haqida taklif) yo‘llashi va ikkinchi taraf uni 
akseptlashi
(taklifni 
qabul qilishi) yo‘li bilan tuziladi. 
Muhim shartlarga birinchi navbatda shartnomaning predmeti to‘g‘risi
-
dagi shartlar kiritiladi. Shartnomalar aynan predmetiga ko‘ra bir-biridan ajra
-
tiladi. Masalan, oldi-sotdi shartnomasi, ayirboshlash shartnomasi, mulk ijarasi 
shartnomasi, pudrat shartnomasi va hokazo.
Shartnoma tarafarning kelishuvi bo‘lib hisoblangani uchun, tarafar yoki 
ulardan birontasi u yoki bu masalada kelishuvga erishish zarurligini talab qilsa, 
bu ham shartnomaning muhim shartini tashkil etadi. Bunda tarafning bayon qi
-
lish shakli og‘zaki ham, yozma ravishda ham bo‘lishi mumkin.
Oferta yo‘llagan shaxs uning akseptini olgan paytda shartnoma tuzilgan hi
-
soblanadi. Agar qonunga muvofiq shartnoma tuzish uchun mol-mulkni topshi-


68
ri
sh ham zarur bo‘lsa, shartnoma tegishli mol-mulk topshirilgan paytdan bo
-
shlab tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning ijro muddati tarafar tomonidan kelishiladi va shartno
-
maning o‘zida qayd qilinadi. Bunda shartnomani bajarish muddatlari buzilsa. 
qo‘llaniladigan jazo choralari ham shartnomaga kiritilishi mumkin. Shartnoma 
mamlakat qonunlariga zid ravishda tuzilgan bo‘lsa yoki boshqa (bitim paytida 
kelishib ko‘rsatilgan) hollarda haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə