Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106
10 sinf huquq

VAKILLIK
Vakillik —
ishonchnomaga, qonunga, sud qaroriga yoki vakil qilingan 
davlat organining hujjatiga asoslangan vakolat bilan bir shaxs (vakil) tomoni
-
dan boshqa shaxs (vakolat beruvchi) nomidan tuzilgan bitimdir.
O‘z xarakteriga ko‘ra faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni vakil 
orqali tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. Muomalaga layoqatsiz fuqarolar nomidan bi
-
timlarni ularning ota-onalari, farzandlikka oluvchilari va vasiylari tuzadilar.
Bitimlar ishonchnoma bo‘yicha tuzilishi ham mumkin. Bir shaxs (ishonch 
bildiruvchi) tomonidan ikkinchi shaxsga (ishonchli vakilga) uchinchi shaxslar 
oldida vakillik qilish uchun berilgan yozma vakolat 
ishonchnoma
hisoblanadi.
Ishonchnoma oddiy yozma shaklda yoki notarial shaklda rasmiylashtirila
-
di. Ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar ishonch
-
nomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil mo
-
baynida o‘z kuchini saqlaydi. Berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma 
haqiqiy emas.


62
Bilimingizni sinang!
1. 
Fuqarolar va yuridik shaxslarning qanday harakatlari bi
-
tim deb tan olinadi?
2. 
Qanday hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi?
3. Voyaga yetmaganlar qanday bitimlarni tuzishlari mumkin
-
ligini sanab o‘ting.
4. Bitimlar tuzilishida rioya etiladigan talablarni sanab 
o‘ting.
5. Bitim haqiqiqy emas deb topilganida tarafar qanday yo‘l 
tutishlari zarur?
1-vaziyat.
A. va M. o‘zaro garov o‘ynashdi. Agar «Paxtakor» jamoa
-
si yutib chiqsa, A. o‘zining mototsiklini M.ga beradi, yutqazib 
qo‘ysa, M. o‘z noutbukini A.ga beradi, deb kelishishdi. A. garovda 
yutqazdi, lekin garov o‘ynayotganida o‘z harakatlarini o‘ylamay 
qilganini sabab qilib, mototsiklni berishdan bosh tortdi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə