Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
10 sinf huquq

3. Ixtiyoriylik
. Ixtiyoriylik qoidasi qo‘rqitish, yanglishish, aldash va 
zo‘rlik bi lan tuzilgan bitimlarni taqiqlaydi.
4. Shaklga rioya qilish
. Qonunlar bilan bitimlarning quyidagi shaklla
-
ri belgilangan: og‘zaki yoki yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan). 
Bitimlar qonunda ko‘rsatilgan hollarda yoki tarafardan birining talabi 
bo‘yicha notarial tarzda tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulk ishtirokida tuzil
-
gan bitimlar davlat tomonidan ro‘yxatga olinishi shart. 
Bitimlar bir tarafama (bu hollarda faqat bir tarafning xohishi zarur bo‘la
-
di — mulkni meros qoldirish, sovg‘a qilish), ikki tarafama yoki ko‘p tarafama 
(shartnomalar) bo‘ladi.


60
Bitimlar 
deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik 
huquq va burchlarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga 
qaratilgan harakatlariga aytiladi.
О‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, 
101-modda
BITIMLARNING HAQIQIY EMASLIGI
Haqiqiy bo‘lmagan bitim hech qanday yuridik oqibatlarga olib kelmay
-
di. Bitim haqiqiy bo‘lmaganida tarafarning har biri boshqasiga bitim bo‘yicha 
olgan hamma narsani qaytarib berishi, olingan narsani aslicha qaytarib berish 
mumkin bo‘lmaganida esa, agar bitim haqiqiy emasligining boshqa oqibatlari 
qonunda nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning qiymatini pul bilan to‘lashi shart.
Quyidagi hollarda bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi:

qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik;

qonun hujjatlarining talablariga muvofiq bo‘lmagan;

o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxs tomonidan tuzilgan;

o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan voyaga yetmagan 
shaxs tomonidan uning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari yoki homiy
-
sining roziligisiz tuzilgan;


61

ruhiy kasalligi tufayli muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqaro tomo
-
nidan tuzilgan;

muomala layoqati cheklangan fuqaro tomonidan homiysining roziligi
-
siz tuzilgan;

bitimni tuzish paytida o‘z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmay
-
digan yoki ularni bosh qara olmaydigan fuqaro tomonidan tuzilgan;

yanglishish ta’sirida tuzilgan;

aldash, zo‘rlik, qo‘rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yo
-
mon niyatda kelishishi yoki og‘ir holatlar yuz berishi ta’sirida tuzilgan, 
ikkinchi taraf esa bundan foydalanib qolgan (asoratli bitim);

qalbaki va ko‘zbo‘yamachilik uchun, yuridik oqibatlar tug‘dirish niyati 
bo‘lmagan holda, nomigagina tuzilgan bitim (qalbaki bitim);

yuridik shaxs huquqiy layoqatidan tashqariga chiqadigan, ya’ni yuri
-
dik shaxs tomonidan uning ustav maqsadlariga zid holda tuzilgan yoki 
tegishli faoliyat bilan shug‘ullanishga litsenziyasi bo‘lmagan yuridik 
shaxs tomonidan tuzilgan.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə