Davlat va huquq


FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106
10 sinf huquq

FUQAROLARNING KONSTITUTSIYAVIY 
 
BURCH VA MAJBURIYATLARI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi nafaqat fuqarolarning asosiy 
huquqlari va erkinliklarini, balki ularning majburiyatlarini ham belgilaydi.
Ijtimoiy hayot shunday tuzilganki, inson mutlaq erkinlikdan foydalana ol
-
maydi. Chunki jamiyatda yashar ekan, atrofidagi odamlarni hisobga olmay iloji 
yo‘q. Boshqa shaxslar manfaatlariga zid qo‘llanilgan erkinlik ushbu shaxslar
-
ga muayyan zarar yetkazadi. Aynan shuning uchun O‘zbekiston Respublika
-
si Konstitutsiyasining 20-moddasida: «Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini 
amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy man
-
faatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart» ekanligi alohi
-
da ta’kidlangan. 47-moddaga muvofiq esa: «Barcha fuqarolar Konstitutsiyada 
belgilab qo‘yilgan burchlarni bajaradilar».
Fuqarolarning murojaatlari mazmuniga ko‘ra uch shaklda 
bo‘ladi:
– taklif;
– ariza;
– shikoyat.
Fuqarolarning murojaatlari, qanday shaklda, ya’ni ariza, 
shikoyat yoki taklif shaklida bo‘lishidan qat’i nazar, ular 
rasmiylashtiriladi.


40
1-topshiriq.
 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining fuqarolar 
majburiyatlari to‘g‘risidagi moddalarini diqqat bilan o‘qing va 
nima uchun aynan ushbu majburiyatlar Konstitutsiyaga kiritil
-
gani haqida xulosa chiqaring.
48-modda. 
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya 
etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va 
qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar.
49-modda. 
Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma'na
-
viy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar. Mada
-
niyat yodgorliklari davlat muhofazasidadir.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə