Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
10 sinf huquq

XALQ HOKIMIYATCHILIGI
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq xalq davlat hokimiyati
-
ning birdan-bir manbayidir. 
Demos
(
yunoncha
) – «xalq», 
kratos
– «bosh qaruv» de
-
gan ma’noni bildiradi. Demak, demokratiya – xalqning xohish-irodasini aks ettira
-
di. Demokratiya – insonning davlat ishlarini hal qilishda yashirin ovoz berish orqali 
yoki boshqa shaklda bevosita ishtirok etishidir. Vakillik demokratiyasi — insonning 
davlat ishlarini hal etishda o‘zi saylagan vakillari, ya’ni deputatlar orqali ishtirok 
etishidir. Shuning uchun ham O‘zbekiston xalqi nomidan faqat u saylagan respubli
-
ka Oliy Majlisi va Prezidenti ish olib borishga haqli. 
Bevosita demokratiya shakllari xalq suverenitetining aniq ifodasi sifatida 
maydonga chiqadi. Davlat va boshqa ijtimoiy hokimiyatlar xalq irodasiga bilvo
-
sita xizmat qilsa, bevosita demokratiya shakllari, ya’ni referendum va xalq mu
-
hokamasi kabi siyosiy tadbirlar xalq hokimiyatchiligining negizi hisoblanadi. 


38
Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbayidir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq man
-
faatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 
hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan 
idoralar tomonidangina amalga oshiriladi.
Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hoki
-
miyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini 
to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvo
-
ziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qo
-
nunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 7-modda
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining faoliyati inson huquqlari
-
ni himoya qilish, ta’minlash va kafolatlashdan iborat bo‘lib, mazmunan yan
-
gi konstitutsiyaviy tuzum yaratish borasida amalga oshirilgan barcha islohotlar 
zamirida «Islohotlar – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning manfaat
-
lari uchun» deb yuritilgan hayotiy shior yotadi. O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida mustahkamlangan normalar yuqorida keltirilgan vazifalarni 
bajarish uchun asos bo‘ladi.

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə