Davlat va huquq


KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
10 sinf huquq

KONSTITUTSIYAVIY TUZUM VA KONSTITUTSIYAVIY 
TAMOYILLAR 
Konstitutsiyaviy tuzumning mazmun–mohiyatini anglash borasida konsti
-
tutsiya tomonidan o‘rnatilgan tamoyillar salmoqli ahamiyat kasb etadi. Konsti
-
tutsiyaviy huquq tizimining asosi hisoblangan tamoyillarning ahamiyati, avva
-
lo, ularning mazmunida umuminsoniy qadriyatlarning yotganligi, xalqaro 


33
umum e’tirof etilgan qoidalarning ustuvorligi asosida yaratilganligi va ular o‘z 
navbatida milliy huquq tizimining poydevori bo‘lib xizmat qilishi bilan ifodala
-
nadi.
Konstitutsiyaviy tamoyillarning ahamiyatli jihati yana shunda namoyon 
bo‘ladiki, ushbu tamoyillar shaxs, jamiyat va davlat munosabatlarining ustu
-
vor yo‘nalishlarini, eng ahamiyatli jihatlarini o‘zida ifoda etadi. Birgina «davlat 
tuzumi» yoki «konstitutsiyaviy tuzum» deb ifodalanuvchi konstitutsiyaviy 
tushunchalarni qo‘llashda qaysi manfaatlar ilgari surilayotganligini ilg‘ab 
olish qiyin emas. Agar «davlat tuzumi» tushunchasining zamirida davlat man
-
faatlari yoki davlat hokimiyatining ustuvorligi kabi g‘oyalar mujassam bo‘lsa, 
«konstitutsiyaviy tuzum» tushunchasi asosan konstitutsiyaviy qoidalarning 
ustuvorligi, ya’ni konstitutsiya tamoyillarining amaliy ifodasini namoyon eta
-
di va shu orqali konstitutsiyaviy-huquqiy munosabat himoya qilinayotganligi 
ko‘proq anglanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi aniq ishlab chiqilgan tuzil
-
masi bilan ajralib turadi. Uning tuzilmaviy qismlariga muqaddima, 6 bo‘lim, 
26 bob va 128 modda kiradi. Konstitutsiyamizning kirish qismi — muqaddi
-
mada O‘zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g‘oyalari
-
ga sodiqligini tantanali ravishda e’lon qilib, insonparvar demokratik huquqiy 
davlat barpo etish vazifasini nazarda tutishi ko‘rsatilgan.
Birinchi bo‘lim normalarida davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, 
konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosatdagi umum tan olingan prin
-
siplari va xalqaro huquq normalari asosiy tamoyillar sifatida qayd etiladi.
Ikkinchi bo‘lim normalari inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkin
-
liklari va burchlarini tartibga soladi.
Uchinchi bo‘lim normalari jamiyat va shaxs munosabatlarining xususiyat
-
larini ochib beradi.
To‘rtinchi bo‘lim normalari davlatimizning ma’muriy-hududiy va davlat 
tuzilishini belgilaydi.
Davlat hokimiyatining tashkil etilishi beshinchi bo‘lim normalarida tartib
-
ga solinadi.
Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi oltinchi bo‘lim normalarida 
ko‘rsatiladi.
2 — Davlat va huquq asoslari, 10-sinf



Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə