Davlat va huquq



Yüklə 2,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/106
tarix01.03.2023
ölçüsü2,05 Mb.
#101687
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
10 sinf huquq

1-topshiriq.
 
Siz kun bo‘yi qonun bilan necha marta yuzma-yuz 
bo‘lishingizni kuzatib ko‘ring. Keyin har bir qonunning ta’sirini 
muhokama qiling. Ular har biringiz uchun qanchalik foydali 
ekanini tushuntirib bering.
Inson butun hayoti davomida qonunga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Kishi sa
-
molyotda uchganda, uy sotib olganda, mashina haydaganda, uylanganda, o‘qi
-
ganda yoki ishlaganda — shu singari hamma hollarda u yoki bu qonunlarga 
ishi tushadi.
Huquq — 
davlat tomonidan o‘rnatilgan va himoya qilina
-
digan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining 
tizimi.
2-topshiriq.
 
«Quyon» bo‘lib (chiptasiz) ketayotgan yo‘lovchini, bi
-
ror-bir kishini kaltaklagan bezorini yoki svetoforning yo
-
nib-o‘chishlariga e’tibor bermasdan borayotgan haydovchini 
tasavvur qiling. Sanab o‘tilgan vaziyatlarning hammasida ki
-
shilar turlicha harakat qiladi, lekin ularning hammasi muayyan 
huquqiy oqibatlar bilan bog‘liq. 
Yuqoridagi holatlardagi huquqbuzarlarni qanday 
huquqiy oqibatlar kutishini aniqlang.


30
Huquqiy davlat — 
huquq va qonunning ustuvorligi hamda 
sud mustaqilligi ta’minlanadigan, inson huquqlari va erkin
-
liklari kafolatlanadigan, davlat hokimiyatining tizimi qonun 
chiqaruv chi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘linishi prin
-
sipi asosida amalga oshiriladigan davlatdir.
3-topshiriq.
1. Nima deb o‘ylaysiz, o‘zbek xalq maqollari va huquqiy nor
-
malar orasida qanday bog‘liqlik mavjud?

«Birovga choh qazima, o‘zing tusharsan».

«Zo‘ravonlik — oxiri vayronlik».

«Inson o‘zi boshiga balo keltirar».

«Och qornim, tinch qulog‘im».

«O‘z baxtim o‘z qo‘limda».

«To‘qlikka sho‘xlik».

«Xo‘rlik o‘limdan yomon».

«O‘g‘ri o‘g‘irlab yo‘lga tushar,
Oxiri borib qo‘lga tushar».

«Yomon bilan yurdim, qoldim uyatga,
Yaxshi bilan yurdim, yetdim niyatga».
2. Barcha ijtimoiy me’yor lar uchun qanday belgi umumiy belgi 
hisoblanadi? Huquq kishilarning xatti-harakatiga qay tarzda 
ta’sir ko‘rsatadi?

Yüklə 2,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə